O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. TUShUNChALARNI TA’RIFLASh VA BO‘LISh Ta’riflashning maqsadi va tuzilishi
Takrorlash uchun savollar
“To‘plam”, “sinf”, “element” tushunchalarining o‘zaro nisbati qanday? To‘plam nazariyasini kim yaratgan? Sinflarni qo‘shish, ko‘paytirish va to‘ldirish amallari qanday bajariladi? Tushunchalarni umumlashtirish amali qanday bajariladi? Tushunchalarni chegaralash amali qanday bajariladi? Sinflar hisobining qanday prinsiplari mavjud? 7-bob. TUShUNChALARNI TA’RIFLASh VA BO‘LISh Ta’riflashning maqsadi va tuzilishi Kundalik muloqat tili ba’zi jihatlariga ko‘ra noaniq. Texnika adabiyotlari tili ham shu ma’noda muloqat tilidan hammavaqt ham yaxshi emas. Ba’zi mikroorganizmlarning hayvon yoki o‘simlik ekani, ba’zi kitoblarning e’tiborga loyiq yoki loyiq emasligi, ba’zi jamiyatning demokratiyaga mosligi, muayyan huquqlarga biz egamizmi yoki yo‘qmi ekanligini aniqlashning murakkabligi barchamizga ma’lum. Bunday so‘zlar shuning uchun ham noaniqki, ularning hajmi sezilmagan holda boshqa so‘zlar hajmiga o‘tib ketadi. Biz ishlatadigan so‘zlarning askariyati noaniqligi va shuning uchun boshqa kishining fikrlarini tekshirish vazifasini yo‘qqa chiqarishi ko‘p hollarda tafakkurimizdagi xatolarning mavjudligini taqozolaydi. So‘zlarning noaniqligiga qo‘shimcha yana ko‘p ma’noligi ham qat’iy tarzda to‘g‘ri fikrlash yo‘lida xavf tug‘diradi. Tanqidiy tafakkurdagi jiddiy xatolar muayyan kontekstda bir so‘zning ma’nosini boshqa, unga yaqin, lekin aynan bir xil emas so‘zning ma’nosi bilan almashtirish sababli vujudga keladi1. So‘zlarning noaniqligini kamaytirish mumkin, lekin hech qachon uni to‘la istisno qilish mumkin emas. Noaniq so‘zning konkret ma’nosi uni ishlatish kontekstida aniqlanishi mumkin. Masalan, Iisus (Iso) gapida: “Yig‘layotganlar huzur-halovatdadir, zero ular taskin topadilar”, degan fikrda “Yig‘layotganlar” so‘zi “haqiqatga tashna va chanqoqlar” ma’nosida qo‘llanilgan2. Ta’riflash (yoki definitsiya) tushunchaning mazmunini ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta’rif aniqlanuvchi va aniqlovchi qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismning mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa, aniqlanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. Masalan, “mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi falsafiy fandir”, degan ta’rifda “Mantiq” aniqlanuvchi qismni, qolganlari esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta’riflash bilishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishda yordam beradi: 1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko‘rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‘zning (terminning) ma’nosini ochib beradi; 3) termin hosil qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi biri hal qilinishiga qarab, nominal va real ta’riflar farq qilinadi. Nominal ta’rif til simvollarini qo‘llashga doir kelishuv yoki qarordan iborat. Nominal ta’riflar mavjud bilimlarimizni kengaytirmasa ham ilmiy tadqiqotlarda quyidagi sabablarga ko‘ra foydalidir: Eski simvollarning butun bir guruhi o‘rnida yangi va sodda simvoldan foydalansak, o‘rinni, vaqtni, e’tiborni yoki aqliy energiya’ni tejaymiz. Tanish terminlarni notanishlariga o‘tkazish, g‘oyalarimizning aniqlashtirilishiga olib keladi, chunki bizning qo‘llayotgan simvollarimizni tasodifiy va norelevant assotsiatsiyalardan (birlashmalardan) qutqaradi3. Nominal ta’riflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma’nosi aniqlanadi. Masalan, “Mantiq grekcha “logos” so‘zidan olingan bo‘lib, tushuncha, fikr, so‘z, qonuniyat kabi ma’nolarga ega”, desak, “mantiq” tushunchasiga nominal ta’rif bergan bo‘lamiz. “Til belgilarini o‘rganuvchi fan semiotikadir”, degan ta’rif ham nominal ta’rifga misoldir. Real ta’rifda predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, “Atom – moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi”, degan ta’rif real ta’rifdir. Real ta’rif aniq va noaniq ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Aniq real ta’rif predmetlarning muhim belgilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatib beradi. Noaniq real ta’rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar orqali ochib beriladi. Masalan, o‘qigan parchamizda notanish terminlar uchrab qolganda, uning ma’nosini lug‘atdan foydalanmasdan, boshqa so‘zlarning ma’nosiga qarab aniqlashimiz mumkin. Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash; 2) genetik ta’rif. Yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash real ta’rifning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. Shu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi ko‘rsatiladi. Shu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda “metafora” tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u “so‘z” tushunchasidir. “Metafora so‘zdir” deyish bilan “so‘z” tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini ko‘rsatamiz, ya’ni “metafora” tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko‘chirma ma’noda ishlatilishi esa, metafora sifatida ishlatilayotgan so‘zning tur belgisi, ya’ni individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qo‘shib, “Metafora –ko‘chirma ma’noda ishlatiladigan so‘zdir”, degan to‘la ta’rif hosil qilamiz. Shu tariqa eng qisqa yo‘l bilan, ya’ni yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.
Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling