O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Tushunchalarni bo‘lish. Bo‘lish va klassifikatsiya (tasnif)


Download 1.78 Mb.
bet46/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Tushunchalarni bo‘lish. Bo‘lish va klassifikatsiya (tasnif)

An’anaviy yondashuvga ko‘ra, ta’rif berilgan turni jins va tur belgisiga ajratishdan tashkil topadi. Lekin jinsning o‘zi ham har xil turlarga ajratilishi mumkin. Masalan, tekis figura jins sifatida nafaqat uchburchak turlariga, balki to‘rtburchak, konussimon kesim va shu kabilar turlariga ham ajratilishi mumkin. Jinsning turlarini ko‘rsatish mantiqiy bo‘lish yoki qisqacha bo‘lish deb ataladi19.

Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan, “inson”larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar (bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi tushuncha – jins tushuncha, bo‘lish a’zolari – tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.

Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga ega bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ham “Kuzov avtomashinadir”, degan mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar “Avtomobil” tushunchasini “Yyengil avtomobil”, “Yuk tashuvchi avtomobil” tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan bo‘lamiz.

Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab, “uchburchak” tushunchasi uchta tur tushunchaga: “to‘g‘ri burchakli uchburchak”, “o‘tmas burchakli uchburchak”, “o‘tkir burchakli uchburchak”larga ajratiladi. Bo‘lish asosi qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini olish mumkin. Masalan, “uchburchak” tushunchasini tomonlariga qarab “teng tomonli uchburchak”, “teng yonli uchburchak”, “turli tomonli uchburchak” tushunchalariga ajratish mumkin.

Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish o‘zining obyektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling