O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet48/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Tasniflash

Har bir tasnifda biz berilgan sinfning barcha a’zolariga xos muayyan belgini tanlaymiz va shu ma’noda har qanday tasnif tabiiy bo‘ladi. Xuddi shuningdek, har qanday tasnifni sun’iy deb hisoblaymiz shu ma’nodakim, asos qilib olayotgan belgini o‘zimiz tanlaymiz. Shu sababga ko‘ra, turli fanlarni tasniflash borasida bahslar tugamaydi. Fanlarni turlicha tasniflash mumkin va har-bir holda, u ma’lum bir maqsaddan kelib chiqib amalga oshirilgan bo‘ladi. Biroq tasniflar o‘zining mantiqiy va ilmiy foydaliligi bo‘yicha bir-biridan shu ma’noda ham farq qiladiki, asos qilib olinayotgan turli belglar bilimlarni tashkil etuvchi prinsilar sifatida samaradorligi bo‘yicha o‘zaro tafovut qiladi. Masalan, barcha tirik mavjudotlarni yerda, suvda va havoda yashaydiganlarga bo‘lsak, bu mavjudotlar to‘g‘risidagi bilmlarni sistemaga solish uchun fundamental ahamiyat kasb etmaydi. Boshqa holatni olsak, masalan, delfinlar va kitlarning sut bezlariga ega bo‘lishi va avlodlarini sut bilan oziqlantirishi, baliqlarning chiqarib, urchishi belgilarini asos qilib olgan holda amalga oshirilgan tasnif shu mavjudotlar hayotiy faoliyatini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Demak, fanning vazifasi avval faktlarni to‘plash, keyin ularni tasniflashdan iborat deb aytish real vaziyatning adekvat manzarasini ifoda etmaydi. Ma’lum bir ma’noda tasnif qanday faktlarni ajratish masalasini yyechish uchun zarur, lekin bu hali hammasi emas. Eng asosiy vazifa obyektlarning tabiatini o‘rganish uchun muhim bo‘lgan belgisini topishdan iborat20.

Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvallar, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.

Mantiqda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qiladi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.

Tasniflashda tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur.

Tasniflar nisbiy turg‘un xarakterga ega. Ular bilishda va kundalik turmushda uzoq yillar davomida ishlatiladi.

Albatta, bilimlarimizning taraqqiy etishi, yangi bilimlarning vujudga kelishi ko‘p hollarda tasniflarga tuzatishlar kiritishni, ba’zan esa butunlay yangisi bilan almashtirilishini taqozo etadi. Shunga qaramasdan, tasniflash mavjud bilimlarimizni tizimga solish vositasi sifatida bilishda o‘zining muhim ahamiyatiga ega bo‘lib qoladi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling