O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet56/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

1-chizma 2-chizma

Umumiy tasdiq mulohazalarning ba’zilarida S ham, R ham to‘la hajmda bo‘lishi mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-chizma).



  1. E – Umumiy inkor mulohazalarning subyekti ham, predikati ham to‘liq hajmda olingan bo‘ladi. Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu mulohazada S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik kvantoridir. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-chizma).



3-chizma

  1. I – Juz’iy tasdiq mulohazalarning subyekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to‘liq, ba’zan to‘liqsiz hajmda bo‘ladi. Masalan, «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi» degan mulohazaning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladiganlar, ba’zi – mavjudlik kvantori. Bu mulohazada S ham, R ham to‘liqsiz hajmda olingan bo‘lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-chizma).



4-chizma

Yana bir misolni ko‘ramiz: «Ba’zi shifokorlar xirurgdir». Bu mulohazada S – shifokorlar, R – xirurglar, ba’zi – mavjudlik kvantoridir. Mulohazada subyekt to‘liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi shifokorlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to‘liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi shifokordir. Predikatning hajmi subyektning hajmiga kirgani uchun u to‘liq hajmda olingan bo‘ladi (5-chizma).






Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling