Umumiy tasdiq mulohazalar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar». Bu mulohaza lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S–Pdir» formulasi orqali ifodalanadi.
“Hamma” so‘zi qo‘llanganda ikki xil ma’no kelib chiqadi. ba’zan u cheklangan va sanalgan to‘plamning barcha a’zolarini ifodalaydi, xuddi “tokchadagi hamma kitoblar falsafaga oiddir” mulohazasidagi kabi. Boshqa holatda esa, masalan, “hamma odamlar o‘ladi” mulohazasida “hamma” so‘zi cheklangan miqdordagi odamlarni, aytaylik, hozir mavjud bo‘lgan yoki qachonlardir mavjud bo‘lganlarni bildiradi. Bu holatni e’tiborga olmaslik turli yanglishishlarga sabab bo‘ladi.21
Do'stlaringiz bilan baham: |