Kontropozitsiya qonuni asosida xulosa chiqarish
Kontropozitsiya qonuni – shartli mulohazaning asos va natijasini (antetsedent va konsekvent) inkor yordamida o‘rin almashtirishga imkon beruvchi mantiqiy qonunlarning umumiy nomi. Bu qonunlarning simvolik ifodalanishi quyidagicha:
(r→ q) → (q → r)
Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lganda q bo‘lsa, unda q bo‘lmasa r ham bo‘lmaydi.
Masalan: Agar tong otsa, Quyosh chiqadi, unda tong otmasa, Quyosh ham chiqmaydi.
(r→q) → (q → r)
Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lmasa q ham bo‘lmaydi, unda q bo‘lsa r ham bo‘ldi.
Masalan: Agar tong otmasa, Quyosh chiqmaydi, unda Quyosh chiqsa, tong otgan bo‘ladi.
(r→q) → (q → r)
Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lsa q bo‘lmaydi, unda q bo‘lsa r ham bo‘lmaydi.
Masalan: Agar uchburchak kvadrat bo‘lmasa, unda kvadrat uchburchak emas.
(r→q) → (q → r)
Formulaning o‘qilishi: Agar r bo‘lmasa ham q bo‘lsa, unda q bo‘lmasa r bo‘ladi. Mas. Agar shubhali bo‘lmagan narsa aniq bo‘lsa, unda aniq bo‘lmagan narsa shubhalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |