Tranzitivlik qonuni – implikatsiya, ekvivalentlik kabi mantiqiy bog‘lovchilarning tranzitiv munosabatini ifodalovchi mantiqiy qonun. Implikatsiya munosabatida tranzitivlik qonuni quyidagi formula orqali ifodalanadi: ((p → q) (q → r)) → (p → r)
Formulaning o‘qilishi: agar r bo‘lganda q bo‘lsa va q bo‘lganda r bo‘lsa, unda r bo‘lganda r bo‘ladi.
Mas., Agar aholining tibbiy savodxonlik darajasi yuqori bo‘lsa, unda yuqumli kasalliklarning tarqalishi kamayadi va yuqumli kasalliklar tarqalishining kamayishi sog‘lom avlodni shakllantirdi. Agar aholining tibbiy savodxonlik darajasi yuqori bo‘lsa, unda sog‘lom avlod shakllanadi.
Ekvivalentlik munosabatida tranzitivlik qonuni quyidagicha yoziladi:
((r q) (q r)) → (r r).
Formulaning o‘qilishi: Agar bir mulohaza ikkinchisiga ekvivalent bo‘lsa, ikkinchisi esa uchinchisiga ekvivalent bo‘lsa, unda birinchisi uchinchisiga ekvivalentdir.
Mas. Ikki karra to‘rt sakkizga teng bo‘lsa, sakkiz ikkining kubi bo‘lsa, unda ikki karra to‘rt ikkining kubiga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |