O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet118/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

O‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Bu metoddan foydalanib, xulosa chiqarilganda, hodisaning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo‘lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. Masalan, kasalxonaga turli yosh va jinsdagi bemorlar bir xil tashhis bilan keltirildi.

Ularning harorati baland, oshqozon-ichak faoliyati buzilgan edi.

Bemorlarning barchasi kasal bo‘lmasdan oldin qo‘ziqorin yeganlarini aytdilar. Demak, kasallik qo‘ziqorinni noto‘g‘ri iste’mol qilish oqibatida vujudga kelgan.

O‘xshashlik metodining mohiyatini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin:



  1. ABS_____a

  2. ADE_____a

  3. AKN_____a

Demak, A holat a hodisaning sababidir.

Bunda ABS, ADE, AKN tekshirilayotgan hodisalarni, A – umumiy bo‘lgan holatni, ya’ni sababni, a – sodir bo‘lgan natijani ifodalaydi.



Tafovut metodi.Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. Shuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxminiy xulosa hosil qilinadi. Uning sxemasi quyidagicha:

  1. ABS_____a

  2. BS_____a emas.

Ehtimol, A holat a hodisaning sababidir.

Masalan, aeroportga kirishda yo‘lovchilarda metall buyumlarning borligi maxsus asbob yordamida tekshiriladi. Agar yo‘lovchida metall buyum bo‘lsa, moslama tovush chiqaradi, metall buyum bo‘lmasa tovush chiqarmaydi. Elektr tarmog‘ida tokning bor yoki yo‘qligi lampaning yonish yoki yonmasligiga sabab bo‘lishi ham ushbu metodga misol bo‘ladi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling