O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet117/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Ilmiy induksiya


Hammamiz Arximed qonuni, Nyutonning butun olam tortishish qonuni qanday kashf etilganligini yaxshi bilamiz. Nyutonga qadar ham odamlar yuqoriga otilgan har qanday narsa yerga qaytib tushishini ko‘p marotaba kuzatganlar (ommabop induksiya). Lekin faqat Nyutongina bu hodisaning sababini (Yerning tortish kuchiga ega ekanligini) aniqlab berdi, ilmiy induktiv xulosa chiqardi. Shu bois bu qonun uning nomi bilan ataldi.

Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi. To‘liqsiz induksiya’ning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya deb ataladi.

Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:

– ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoitda ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi;

– sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olamdagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bo‘lmaydi;

– sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinma-ketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo‘lavermaydi. Masalan, chaqmoq chaqish hodisasi momaqaldiroqdan avval sodir bo‘ladi. Kishilar chaqmoq chaqishini momaqaldiroqning sababi deb tushunganlar, aslida esa, momaqaldiroqning chaqmoqdan keyin kelishiga sabab tovush tezligining yorug‘lik tezligidan kamligidadir. Sabab-hodisa bilan oqibat-hodisaning ro‘y berishi orasida turli muddat o‘tishi mumkin;

– sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bo‘lib, muayyan sabab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi.

Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin.

Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mavjud bo‘lib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga o‘xshashlik, tafovut, yo‘ldosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling