O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
PREDIKATLAR MANTIG‘I
Predikatlar mantig‘i muhokama yuritish jarayonlarini mulohazalarning ichki tarkibidan kelib chiqib tahlil qiladigan mantiqiy tizimdir. U mulohazalar mantig‘ini o‘z ichiga oladi. Predikatlar mantig‘i tili mulohazalar mantig‘i tiliga qo‘shimcha simvollar kiritish yordamida hosil qilinadi. Predikatlar mantig‘iga tegishli semiotik kategoriyalardan foydalanib, turli xil ifodalar hosil qilish mumkin. Masalan, xR (x’) ifodasi (u quyidagicha o‘qiladi: “x R xossasiga ega degan fikr barcha x ga tegishlidir”) ixtiyoriy mulohaza shakli bo‘lib, u “Birorta sinfga mansub barcha predmetlar R xossasiga ega”, degan ma’noni anglatadi. $x R (x) ifodasi (u quyidagicha o‘qiladi: “R xossasiga ega bo‘lgan x predmeti mavjud”) ham ixtiyoriy mulohaza shakli bo‘lib, u “Shunday predmet (hech bo‘lmaganda bitta) mavjudki, u R xossasiga ega”, degan ma’noni beradi. x$u R (x, u) ifodasi esa yuqoridagilar singari ixtiyoriy mulohaza shakli bo‘lib, “Har qanday x predmeti qandaydir u bilan R munosabatida bo‘ladi” (qisqacha: “Har qanday x uchun u mavjud: R x va u ga oid”), deb o‘qiladi. Boshqa predikatga ajralmaydigan predikat elementar predikat deb ataladi. Predikatga umumiylik yoki mavjudlik kvantorini qo‘shib yozish kvantor bilan bog‘lash amali deb ataladi. Kvantor bilan bog‘lash amali predikatdan mulohazani hosil qilish usullaridan biri hisoblanadi. Boshqa bir usuli – o‘zgaruvchining o‘rniga nom qo‘yishdan iborat. Nomni o‘zgartiruvchi o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish natijasi chin ifodalardan faqat chin ifodalarning kelib chiqishi bilan xarakterlanadi. Masalan, x o‘rniga “olim”, u o‘rniga “fanning birorta sohasi”, R o‘rniga “faoliyat ko‘rsatish” nomlarini qo‘ysak, “Har bir olim fanning birorta sohasida faoliyat ko‘rsatadi”, degan chin mulohaza hosil bo‘ladi. Birinchi darajali predikatlar mantig‘i uchun quyidagi qoidalar xarakterlidir:
O‘zgaruvchi o‘rniga qo‘yilayotgan ifodalar o‘zgaruvchi x aniqlangan predmetlar sohasiga tegishli bo‘lishi kerak. X o‘zgaruvchi o‘rniga faqat u bo‘sh bo‘lgandagina nom (yoki individual o‘zgaruvchi) qo‘yish mumkin. Agar muayyan ifodadagi x o‘rniga nom qo‘ysak, uni ana shu ifodadagi boshqa barcha x lar o‘rniga qo‘yish zarur. O‘rniga nom qo‘yish natijasida hech bir erkin o‘zgaruvchi bog‘lanib qolmasligi kerak. Predikatlar mantig‘ining asosiy qoidalari qatoriga mulohazalar mantig‘i bo‘yicha xulosa chiqarish qoidalari, shuningdek, kvantorlarni kiritish va chiqarish qoidalari ham kiradi. Bu qoidalarga rioya qilinganda chin xulosalar chiqadi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling