O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet121/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Takrorlash uchun savollar

1. Induktiv xulosa chiqarish nimaga asoslanadi?

2. To‘liq va to‘liqsiz induksiya’ning farqi nimada?

3. To‘liqsiz induksiya’ning qanday turlari bor?

4. Ilmiy induksiya qanday umumiy aloqadorlikka asoslanadi?

5. Sababiy aloqadorlik haqida nimalarni bilasiz?

6. Ilmiy induksiya’ning qanday metodlari bor?

7. Statistik umumlashtirish metodi qanday qo‘llanadi?

8. Ba’zi mantiqshunos olimlar deduktiv xulosa chiqarishga nisbatan induktiv xulosa chiqarish afzalroq, chunki u insonga ko‘proq bilim olishga, yangiliklarni kashf etishga yordam beradi deb ta’kidlaydilar. Siz bu fikrga qo‘shilasizmi?

Analogiya

Analogiya (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarish-ning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy holatga qarab harakatlanadi.

Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, obyektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi.

Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish obyektiv reallikning cheksiz ko‘rinishlari hamda unda mavjud bo‘lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, tarkibidagi o‘xshashliklarga asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o‘xshashlik bor. Bilishda muhim va nomuhim xossalar o‘xshashligi asosida analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi.

Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, qadimgi greklarning “Dedal va Ikar” afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo‘lish uchun o‘zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi.



Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo‘q, u uchmaydi.

Insonning ham qanoti bo‘lsa, u, ehtimol, uchadi.

Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.

Analogiya o‘zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling