Argumentlashga mantiqiy yondashuv – mantiqiy yondashuvda argument mantiqiy xulosa chinligini namoyon qiladi, ya’ni haqiqat bilan bog‘liq bo‘ladi.
Har bir yondashuvga mos ravishda argumentlash bilan bog‘liq tushunchalar mavjud. Masalan, argumentlashga lingvistik yondashganda illokutsiya, perlokutsiya kabi tushunchalar qo‘llanadi. Shu bilan birga, umuman, argumentlash jarayonida qo‘llaniladigan umumiy tushunchalar ham mavjud. Biz ularni birma-bir ko‘rib chiqamiz. Eng avval “tezis”, “argument” va “argumentlash shakli” tushunchasini aniqlab olamiz. Chunki bu tushunchalar argumentlash nazariyasining eng asosiy tushunchalaridir.
Tezis (grek. thesis – holat, tasdiq) – chinligi yoki yolg‘onligi isbotla-nishi talab qilingan fikr bo‘lib, tasdiq mulohaza yoki savol ko‘rinishida bo‘ladi. Muhokama jarayonida tezisni isbotlash uchun argumentlar, ya’ni dalillar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |