To‘liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.
To‘liqsiz induksiyada fikrimiz, xuddi to‘liq induksiyadagidek harakat qiladi. Lekin unda, to‘liq induksiyadan farqli ravishda, xulosa kuzatish, tajriba davomida qayd etilmagan, o‘rganilmagan predmetlarga ham tegishli bo‘ladi.
Masalan: xonada gultuvaklarda o‘sayotgan gullarni kuzatish asosida ularni parvarish qilsa, yaxshi o‘sishi haqida xulosa chiqaramiz. Bu xulosamiz faqat shu gullarga emas, balki barcha xonada o‘sadigan barcha gullarga taalluqlidir.
To‘liqsiz induksiya bo‘yicha xulosa chiqarishda asoslardan xulosaning mantiqan kelib chiqishi ko‘pincha kuchsiz bo‘ladi.
Dastlabki kuzatish va tajriba natijalarini tanlab olish usuliga ko‘ra to‘liqsiz induksiya’ning ikki turi: sanash orqali (enumerativ induksiya) va istisno qilish orqali to‘liqsiz induksiya (eliminativ induksiya) ajratilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |