O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet174/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Takrorlash uchun savollar

  1. Formal isbotlash deganda nimani tushunasiz?

  2. Formal isbotlashning mantiqiy mexanizmi qanday?

  3. Dialektik isbotlashning zaruriyligi nimalar bilan belgilanadi?

  4. Nazariy bilishda isbotlashning uzluksizligi nimalar bilan taqozolanadi?

  5. Verifikatsiya’ning isbotlashdagi imkoniyatlari qanday?

  6. Falsifikatsiya’ning mohiyatini K.Popper qanday tushuntiradi?

  7. Dialektik tarzda isbotlashning bilimlar taraqqiyotidagi vorisiylikni ifodalashdagi roli qanday?

17-BOB. NAZARIY BILIShDA MUAMMONING QO‘YILIShI VA HAL ETILIShI

Muammoli vaziyat tushunchasi

Bilishning maqsadi qayd qilingan hodisalarning mohiyatini tushuntirishdan iborat. Buni hamma vaqt ham mavjud tasavvurlar, prinsiplar yordamida amalga oshirib bo‘lmaydi. Bilish jarayonida ma’lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish zaruriyati o‘rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo‘ladi. Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni hal qilishda, fanda esa tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida vujudga keladigan juda ko‘p masalalar ularni yyechishga yangicha yondashishni taqozo etadi. Muammoli vaziyat, masalan, tabiatshunoslikda XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida radioaktivlik hodisasining qayd qilinishi, elektronning kashf etilishi, nurlanishning kvant xususiyatga egaligining asoslanishi va shu kabi kashfiyotlar natijasida vujudga kelgan. Uning mohiyatini tabiatshunoslik-ning, birinchi navbatda, fizikaning mavjud qonunlari va prinsiplarining yangi qayd qilingan hodisalarni tushuntirish uchun yetarli emasligida, deb bilmoq zarur.

Shuni ham aytish kerakki, ilmiy bilishda muammoli vaziyatni fan taraqqiyotining ichki ehtiyojlari ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, hozirgi paytda fanda sinergetika g‘oyalari va metodlarini tushuntirish, matematikada aksiomatikaning imkoniyatlari va qo‘llanish sohalarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni hal qilish zaruriyati yangi vaziyatni yaratadi.

Demak, muammoli vaziyat mavjud ilmiy tasavvurlar bilan qayd qilingan yangi faktlar o‘rtasidagi ziddiyatning paydo bo‘lishi yoki ana shu ilmiy tasavvurlarning o‘zining yetarli darajada tizimga solinmaganligi, yaxlit bir ta’limot sifatida asoslanmaganligi natijasidir.

Mana shundan kelib chiqib, muammoli vaziyat bilish taraqqiyotining turli bosqichlari va bo‘g‘inlarida olam hamda uni bilish haqidagi mavjud tasavvurlarni, bilish metodi va vositalarini o‘zgartirishning obyektiv zaruriyatidan iborat, deyish mumkin.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling