O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet176/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Savol va javob

Bilimlarimiz predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan Mulohazalar (mulohazalar)dan yangi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan Mulohazalarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi.

Shuni aytish kerakki, savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun Mulohazani ifoda qila olmaydi. Ular bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Xususan, Mulohazaning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savol bir qancha muhim mantiqiy xususiyatlarga ega. Birinchidan, savolda ma’lum bir boshlang‘ich bilim mujassamlangan bo‘ladi. Masalan, “Qanday sabablarga ko‘ra GFR va GDR yagona davlatga birlashdi?” degan savolda mustaqil Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasining mavjud bo‘lganligi, ularning yagona davlatga birlashishidan avval qandaydir voqealarning sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot berilgan. Ikkinchidan, savolda mavjud bo‘lgan bilim noaniq bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan misolda yagona nemis davlati – GFR haqida ma’lum bir ma’lumot mavjud bo‘lsa-da, u fikrlash predmetini tushunish uchun yetarli emas. Shuning uchun ham savol qo‘yish va unga javob qidirish yo‘li bilan yagona nemis davlatining paydo bo‘lish shart-sharoitlari haqida bilim hosil qilinishi zarur. Uchinchidan, savolda predmet haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lish ehtiyoji o‘z ifodasini topadi.

Ana shundan kelib chiqib, savol bilimlarimizdagi noaniqliklarni, shubhalarni yo‘qotish hamda aniqroq va to‘laroq bilimlar hosil qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir, deb aytishimiz mumkin.

Savol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U o‘zining asosiga (datum questioins), bazisiga ega. Savolning asosini unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi.

Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo‘ladi. Xususan, savol o‘zining asosiga ko‘ra to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘yilgan savollarga bo‘linadi. Asosi chin va ziddiyatsiz bilimdan iborat bo‘lsa, savol to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. “Milliy g‘oya nima?” degan savol bunga misol bo‘la oladi. Xato va ziddiyatli asosga ega savol esa, noto‘g‘ri qo‘yilgan savol hisoblanadi. Masalan, “Arvoh qanday kun kechiradi?” desak, savol noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi.

Bilishdagi funksiyasi bo‘yicha savollarni aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollarga ajratish mumkin. “I.Prigojin haqiqatan ham sinergetikaning asoschisimi?” degan savol aniqlovchi savol, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?” to‘ldiruvchi savol hisoblanadi.

Tarkibiga ko‘ra, oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida boshqa savol bo‘lmasa, oddiy savol, bo‘lsa – murakkab savol deb yuritiladi. Masalan, “Suv necha gradusda muzlaydi?” – oddiy savol, “Assimilyatsiya va dissimilyatsiya organizmning mavjud bo‘lishida qanday o‘rin tutadi?” – murakkab savoldir.

Masala – savolning alohida bir turi bo‘lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o‘zgartirishni, etishmayotgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishni, muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo‘lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.

Savolni to‘g‘ri qo‘yish uchun ma’lum bir qoidalarga rioya etish zarur:

1. Savol til talablariga javob berishi kerak.

2. Savol aniq, ravshan, qat’iy holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak.

3. Savolning asosi (bazisi) chin Mulohazalardan iborat bo‘lishi kerak.

Javob – predmet haqidagi avvalgi bilimni qo‘yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan yangi Mulohaza (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayangan holda, yangi bilim olishga imkon beradi. Javobning mohiyatini savolda mavjud bo‘lgan noaniqlikni kamaytirish (yoki yo‘qotish) tashkil etadi.

Savolga javob qidirish davomida, odatda, bilimlarning konkret sohalariga murojaat qilinadi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi.

Mantiqda javobning bir qancha turlari: bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita javoblar, to‘liq va to‘liqsiz javoblar, chin va xato javoblar, qisqa va batafsil javoblar, aniq va noaniq javoblar ajratiladi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling