O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Mulohaza va uning turlari haqidagi ta’limoti


Download 1.78 Mb.
bet224/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Mulohaza va uning turlari haqidagi ta’limoti

Nasiriddin Tusiy ham ustozlari kabi mulohaza masalasini arab tilining grammatikasi bilan bog‘liq holda tahlil qiladi. Uning ta’kidlashicha, voqelikning til orqali ifodalanishiga gap deyiladi. Gap turli xil bo‘ladi: iltimos, buyruq, qasam, savol, hayrat, salomlashish va h.k. Gap ikki sinfga bo‘linadi: tushuntiruvchi va darak beruvchi. Darak beruvchi gap qat’iy bo‘lib, unda biror fikr tasdiqlanishi yoki inkor etilishi, shuningdek, bu fikr chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Nasiriddin Tusiy, shunga asoslanib, mulohazaga ta’rif beradi: “ buyum haqida tasdiqlab yoki inkor etib bildirilgan har qanday fikr mulohazadir.” Mulohaza mustaqil ma’noni anglatuvchi ikki so‘zdan tashkil topadi. Fikrlanayotgan predmetni ifodalovchi tushuncha – subyekt, shu predmet haqida tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi tushuncha – predikat deyiladi. Turli tillarda subyekt va predikatning ketma-ketligi har xil bo‘ladi. Ba’zan ular qo‘shimcha yordamida bog‘lanadi: Zayd – kotib. Zayd kotibdir. Shunga ko‘ra, mulohazalar 2 a’zoli va 3 a’zoli bo‘ladi. Tusiy mantiqiy konstanta(hamma, ba’zi...)ni mantiqiy o‘zgaruvchilardan (S,P) ajratadi. Tasdiq mulohaza inkor mulohazadan avval keladi, ya’ni tasdiq mulohaza bo‘lmasa, uning inkori ham bo‘lmaydi. Inkor mulohazada inkor qo‘shimchasi yo S ga nisbatan (Zayddir, Zayd emas) yo P ga nisbatan (Zayd kotib, Zayd kotib emas) qo‘llaniladi. Tusiy mulohazalarni 2 sinfga bo‘ladi: qat’iy va shartli. Qat’iy mulohaza 2 ta termin (S,P) va bog‘lovchidan tashkil topadi, unda subyektning hajmi predikatning hajmiga kiradi (inson xayvondir).

Masalan: O‘qilishi Simvoli


A

Umumiy tasdiq mulohaza

Hamma S—V dir.


S

=


V

E

Umumiy inkor mulohaza

Hech bir S—V emas.


S V


I

Juz’iy tasdiq

mulohaza


Ba’zi S—V dir.


S -

V

O

Juz’iy inkor

mulohaza


Ba’zi S—V emas.

S V

= Parallel chiziqlar tasdiq, – to‘g‘ri chiziq inkorni bildiradi.

Shartli mulohazalarning tarkibiy qismini bir necha oddiy mulohazalar tashkil etadi.


Shartli mulohazalar

Shartli qo‘shuvchi (mulohazaning tarkibidagi bir mulohaza boshqasi bilan bog‘langan bo‘ladi yoki uni inkor etadi)

Shartli ayiruvchi (mulohazaning tarkibidagi mulohazalar o‘zaro mos bo‘lmay, ayrim holda bo‘ladi)

1. Tasdiqlovchi shartli qo‘shuvchi.

(Agar Quyosh chiqqan bo‘lsa, unda kun yorishadi.)



1.Tasdiqlovchi shartli ayiruvchi. (Yo Quyosh chiqayapti yoki tun davom etyapti.)

2. Inkor etuvchi shartli qo‘shuvchi

(Agar Quyosh chiqqan bo‘lsa, unda kun yorishishi noto‘g‘ri.)



2. Inkor etuvchi shartli ayiruvchi

(Yo Quyosh chiqayotganligi yoki tun davom etayotganligi noto‘g‘ri.)



Shartli mulohazalar tarkibidagi oddiy mulohazalar o‘zaro ketma-ketlikda keladi, ular 2 elementdan iborat bo‘ladi: antetsedent (avvalgisi) va konsekvent (keyingisi).

Nasiriddin Tusiyda bunday ketma-ketliklar 5 xil holatni ifodalaydi:


  1. Vaqtdagi ketma-ketlik (kecha—bugun).

  2. Bo‘ysunish munosabatiga xos ketma-ketlik (substansiya—aksidensiya, 1—2.).

  3. Tabiatdagi ketma-ketlik (oliy jins—o‘rta jins).

  4. Hurmatiga ko‘ra ketma-ketlik (o‘qituvchi—o‘quvchi).

  5. Sabab va oqibat ketma-ketligi. (O‘qituvchi bilimdon bo‘lsa, o‘quvchi ham bilimdon bo‘ladi).

Shartli qo‘shuvchi mulohaza yuqoridagi ketma-ketliklarni ifodalaydi.



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling