O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet226/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

ShARTLI

AYIRUVChI
MULOHAZA
TURLARI

1. Ikki qat’iy mulohazadan tashkil topgan.

2. Ikki shartli mulohazadan tashkil topgan..

3. Ikki ayiruvchi mulohazadan tashkil topgan.

4. Qat’iy va shartli mulohazadan tashkil topgan.

5. Qat’iy va ayiruvchi mulohazadan tashkil topgan.

6. Shartli va ayiruvchi mulohazadan tashkil topgan.


Kon’yuktiv mulohaza ikkidan ortiq mulohazadan tashkil topadi. Masalan:

Zayd va Amr kotibdir. (Zayd kotibdir. Amr kotibdir.)

Zayd va Amr ham kotib, ham shoirdir. (Zayd kotibdir. Amr kotibdir.Zayd shoirdir. Amr shoirdir.)

Modal mulohazalarning tarkibi subyekt, predikat, bog‘lovchi va predikatning subyektga munosabatini ifodalovchi modal so‘zdan iborat bo‘ladi. Modal mulohazalar tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi bo‘ladi. Inkor qo‘shimchasining modal so‘zga taalluqli yoki taalluqli emasligi muhim bo‘lib, birinchi holat bo‘lganda mulohazaning modalligi soxta bo‘lib qoladi. Nasiriddin Tusi ham modal mulohazalarning 3 turini zaruriylik, imkoniylik va voqelikni tahlil qiladi.

Zaruriylik va imkoniylikni darajalariga ko‘ra turlarga ajratadi.

Zaruriy mulohazalarning turlari.


  1. Mohiyatiga ko‘ra zaruriy.

  2. Shartlangan umumiy zaruriylik.

  3. Shartlangan juz’iy zaruriylik.

  4. Vaqtdagi zaruriylik.

  5. Keng tarqalgan zaruriylik.

  6. Predikat shartiga ko‘ra zaruriylik.

Voqelik-mavjudlik mulohazalari ikki shaklda bo‘ladi: 1. Nozaruriy mavjudlik mulohazalari. 2. Doimiy bo‘lmagan mavjudlik mulohazalari.

Imkoniylik mulohazalarini Tusiy quyidagicha tasniflaydi:



  1. Mohiyatiga ko‘ra zaruriylikni ifodalamaydigan, modal mulohaza ko‘rinishidagi (Ehtimol, dunyoning yaratuvchisi bordir).

  2. Zaruriy va noimkoniy bo‘lmagan mulohaza (Ehtimol, inson haqiqatda kotibdir).

  3. Kelajak haqidagi mulohaza.

  4. Insonning qobiliyati yoki buyumning yaroqliligi haqidagi imkoniy mulohaza.

Ko‘rib o‘tganimizdek, Tusiyning mulohaza haqidagi ta’limoti Ibn Sinoniki bilan o‘xshashib ketadi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling