O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet228/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Figuralarning maxsus qoidalari

Ifiguraning qoidalari: Kichik asos tasdiq, katta asos umumiy bo‘lishi kerak (moduslari: AAA, AEE, IAI, IEO).

II figuraning qoidalari: Asoslar sifat jihatdan farq qiladi va katta asos umumiy bo‘ladi. Uning xulosasi doimo inkor bo‘ladi (moduslari: AEE, EAE, IEO, OAO).

III figuraning qoidalari: Kichik asos tasdiq mulohaza va asoslardan biri umumiy mulohaza bo‘ladi. Bu figuradan umumiy xulosa chiqarib bo‘lmaydi (moduslari: AAI, AEO, IAI, AII, AOO, IEO).

IV figuraning qoidalari: Bir asos ham inkor, ham juz’iy bo‘lishi mumkin emas. Har ikki asos tasdiq bo‘lsa, kichik asos juz’iy bo‘lolmaydi (moduslari: AAI, AII, EAE, AEO, IEO).

Nasiriddin Tusiy har bir figuraning nechta to‘g‘ri modusi bo‘lishi mumkinligini hisoblab chiqadi. Nomukammal sillogizmlar xulosasining zaruriyligini isbotlash uchun ularni qanday qilib birinchi figuraga keltirishni ko‘rsatib beradi. Masalan, IV figuraning EAE modusi xulosasining zaruriyligini isbotlash uchun asoslarning o‘rni almashtriladi va I figuraning AEE modusi hosil bo‘ladi. IV figuraning AEO modusi xulosasining zaruriyligini isbotlash uchun asoslarning o‘rnini almashtrib bo‘lmaydi. Lekin kichik asosni aylantirish orqali II figuraning IEO modusi hosil qilinadi.

Nasiriddin Tusiy ham ustozlari kabi implikativ va diz’yunktiv mulohazalarni shartli mulohaza deb ataydi. Asoslari shunday mulohazalardan iborat bo‘lgan xulosa chiqarishni shartli sillogizm deb ataydi. U shartli xulosa chiqarishning uch ko‘rinishini qayd etadi:


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling