O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Nasiriddin Tusiy mantiqiy ta’limotining o‘ziga xosligi


Download 1.78 Mb.
bet222/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Nasiriddin Tusiy mantiqiy ta’limotining o‘ziga xosligi:

Nasiriddin Tusiy o‘zigacha bo‘lgan mantiqqa oid bilimlarni umumlashtirib, to‘ldirib, xatolarini tuzatganligini va o‘zining ham ta’limoti mukammallikka da’vo qilmasligini ta’kidlaydi. U mantiqning o‘rganish sohasi formal xulosa chiqarish deb ko‘rsatadi. Insonning mavjud tushuncha va mulohazalarga asoslanib, yangi bilimlarni hosil qilishi mantiqning o‘rganish obyektidir deb ta’kidlaydi. Mantiq mohiyatni bilish orqali turli bilimlarni egallashdir. Uning mantiqiy ta’limoti Forobiy, Ibn Sinolardagi kabi 9 bo‘limni tashkil etmaydi, lekin asarlarida mantiq o‘rganadigan masalalar qamrab olingan. U kategoriyalar mantiqda o‘rganilishi shart emas deb hisoblaydi. Mantiqda so‘z va tushunchaning aloqadorligini o‘rganish muhim deydi. Umumiy tushunchaning tabiatiga oid masalalar mantiqning vazifasiga kirmaydi deb biladi. U mantiq bilan bilish nazariyasi o‘rganadigan masalalarni ajratadi. Mantiqning vazifasi qo‘llaniladigan terminlarning ma’nosini va formal xulosa chiqarishning turlarini o‘rganishdir. Formal xulosa chiqarish, uning tuzilishi va turlari mantiq fanining asosiy masalasidir. Formallashgan mantiq sistemasini bilish uchun matematikani bilish zarur.Tusiy o‘zi matematik bo‘lgani uchun ham mantiqning formal tilini yaratishga e’tibor beradi. Uning mantiqiy sistemasi aynan shu jihati bilan o‘tmishdoshlarinikidan farq qiladi.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling