O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Faxriddin Roziyning mantiqiy ta’limoti


Download 1.78 Mb.
bet219/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Faxriddin Roziyning mantiqiy ta’limoti. Faxriddin Roziy mantiq ilmini ta’riflash, xulosa chiqarish shakllari va isbotlash to‘g‘risidagi fan deb ta’riflaydi. Tushuncha mulohaza va xulosaning tarkibiy qismi bo‘lganligi uchun mantiq ilmida o‘rganiladi. Lekin tushunchaning mohiyati va uning borliqqa munosabati mantiq ilmida o‘rganilmaydi. Mantiqning tadqiqot obyekti xulosa chiqarishdir.

Faxriddin Roziy mulohaza haqida. Faxriddin Roziy mulohazani xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqadi. Uning ta’kidlashicha, o‘zida tasdiq yoki inkor mazmunini ifodalagan mulohazalar mulohaza deyiladi. Mulohazalar oddiy va murakkab turlarga bo‘linadi. Oddiy mulohaza uchun terminni o‘z ichiga oladi: subyekt ( mantiqiy ega), predikat (mantiqiy kesim), subyekt va predikatni bog‘lab yoki ajratib turuvchi terminn. Qat’iy mulohazalar oddiy to‘zilishiga ega bo‘ladi. Masalan, “Zayd - kotibdir” va “Zayz - kotib emas” oddiy qat’iy mulohazalar subyektning hajmiga ko‘ra, yakka aniq va noaniq turlarga bo‘linadi. Yakka mulohazalar mazmuniga ko‘ra, tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi turlarga bo‘linadi. Bu mulohazalarning subyekti yakka predmetni ifodalaydi. Aniq mulohazalar 4 xil bo‘lib, ularda subyektning hajmi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Umumiy tasdiq, umumiy inkor, juz’iy tasdiq va juz’iy inkor mulohazalari-aniq mulohazalardir. Noaniq mulohazalarda subyektning hajmi ko‘rsatilmagan bo‘ladi. Masalan: Odamlar uy quradilar. Bu mulohazaning subyekti noaniq. Agar yuqoridagi mulohaza juz’iy ma’noni ifodalasa, chin, umumiy ma’noni ifodalasa, xato bo‘ladi. Shuning uchun Faxriddin Roziy noaniq mulohazani juz’iy mulohaza deb qabul qilish kerak deb ta’kidlaydi. Mutafakkir murakkab mulohazalarni shartli-qo‘shuvchi va shartli-ayiruvchi turlarga ajratadi. Faxriddin Roziyning mulohaza to‘g‘risidagi ta’limotida Aristotel va Forobiy, Ibn Sino g‘oyalarining davom ettirilganligini ko‘zatish mumkin. Uning modal mulohazalar to‘g‘risidagi ta’limoti bu masalada avvalgi mantiqshunoslarning ta’limotiga ijodiy yondoshganligini bildiradi.

Faxriddin Roziy predikatning subyektga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra: 1. Zaruriylik. 2. Noimkoniylik. 3. Imkoniylik mulohazalarini ajratib ko‘rsatadi. Mutafakkir bu masalani har tomonlama o‘rganib chiqib, hajmiga ko‘ra, davomiyligiga ko‘ra modal mulohazalarning 15 turini aniqlaydi:

1. Umumiy imkoniy mulohaza.

2. Alohida imkoniylik mulohazai.

3. Maxsus imkoniylik mulohazai.

4. Istiqbolda imkoniy bo‘lgan mulohaza.

5. Umumiy mutlaq mulohaza.

6. Zaruriy bo‘lmagan voqelik haqidagi mulohaza.

7. Mavjudligi doimiy bo‘lmagan holat mulohaza.

8. Doimiy mavjudlikni ifodalovchi mulohaza.

9. Hamma tomonidan qabul qilingan umumiy mulohaza.

10. Ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan maxsus mulohaza.

11. Mohiyatiga ko‘ra zaruriy mulohaza.

12. Umumiy shartli mulohaza.

13. Juz’iy shartli mulohaza.

14. Vaqt zaruriyatini ifodalovchi mulohaza.

15. Eng umumiy zaruriylik mulohazai.

Bu tasnifda mutafakkir voqelikdagi predmetlarning real munosabatlariga asoslanadi. Uning mantiqiy ta’limotida chinligiga ko‘ra mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlar ham alohida taxmin qilinadi. Bunga ko‘ra, subyekt va predikati bir xil tushunchalar bo‘lgan, lekin mazmuniga ko‘ra farq qiluvchi bir xil vaqt doidasida olingan va o‘zaro zid boʻlgan ikki yakka mulohaza bir vaqtda chin yoki xato bo‘la olmaydi. Aniq mulohazalardan biri umumiy, boshqasi juz’iy hajmga ega bo‘lib, xuddi yuqorida ko‘rsatilgan xatolar mavjud bo‘lganda, ularning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘la olmaydi. Ulardan biri chin bo‘lsa, boshqasi, albatta, xato bo‘ladi. Agar aniq mulohazalarning har ikkisi umumiy bo‘lsa, ular bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin. Aniq mulohazalarning har ikkisi ju’ziy bo‘lsa, ular bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin.

Mutafakkirning bu fikrlari «mantiqiy kvadrat» orqali ifodalanuvchi chinligiga ko‘ra oddiy qat’iy mulohazalar o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. U yuqori qarama-qarshilik va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari haqida fikr yuritadi. Bu munosabatlar Roziy ta’limotida ham mantiqiy, ham ontologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi va shu asosida Nozidlik, Uchinchisi istisno kabi mantiqiy qonunlarning mohiyati ochib beriladi. Faxriddin Roziy mulohazalar o‘rtasidagi buysunish munosabatiga alohida e’tibor bermagan.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling