Takrorlash uchun savollar
1.Ibn Rushdning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?
2. Andalusiyalik olimlardan kimlar mantiq ilmi bilan shug‘ullangan?
3. Bu davrda mantiq ilmini o‘rganish qanday kechgan?
Faxriddin Roziyning mantiqiy ta’limoti
Faxriddin Roziyning to‘liq ismi Abu Abdulla Muhammad ibn Umar ibn al-Xusayn Faxriddin Roziy bo‘lib, 1148-1210-yillarda yashab ijod etgan.
Arifmetika, geometriya, algebra, astronomiya, mexaniqa, kimyo, fizika, falsafa, mantiq, diniy ilmlar, arab tili va grammatikasi, she’riyat bilan shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yozgan. Uning “Risolai Munozara”, “Mufatix al-g‘oib yo tafsiri Kabir”, “Jam al-ulum” (Bilimlar majmuasi), «Ar-Risolat al-kalomiya va al-xoqoiq al-ilohiya), “Sharh al-ishorat va at-tanbehot” kabi asarlarida falsafa va mantiq masalalari bayon qilingan217.
Do'stlaringiz bilan baham: |