O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet216/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Takrorlash uchun savollar

1. G‘azzoliy mantiq ilmiga qanday munosabatda bo‘lgan?

2. Mulohazaning qanday turlarini ko‘rsatgan?

3. Xulosa chiqarishning qanday turlarini ko‘rsatgan?



22-bob. XII-XIV asrlarda mantiq ilmining Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi rivoji

XI asrga kelib, mantiqiy tadqiqotlarda turg‘unlik davri boshlandi. Yangi g‘oyalar, ta’limotlar o‘rniga mavjud asarlarga, ularga yozilgan sharhlarga yana qayta-qayta sharhlar yozilganligini ko‘rish mumkin. XII asrdan boshlab musulmon Ispaniyasi (Andalusiya)da mantiq ilmining muayyan darajada rivojlanganligi kuzatiladi. Andalusiyalik mantiqshunoslar “Bag‘dod maktabi”ning mantiqiy-tibbiy an’analarini davom ettirdilar. Bu davrda yashab ijod etgan mantiqshunoslardan N.Reshar quyidagilarni ko‘rsatadi:



    1. Muhammad ibn Abdun (930-995)- “Bag‘dod maktabi” an’analarini Ispaniyada joriy etgan.

    2. Al-Hammar (950-1010) – faylasuf-tabib.

    3. Ibn Badr (960-1020) - matematik, tabib-faylasuf.

    4. Ibn al-Bagxunish (977-1052) - tabib.

    5. Ibn Xazm (994-1064) - faylasuf, ilohiyotchi.

    6. Al-Darimi (1010-1070) -faylasuf-tabib.

    7. Abul-Salt (1068-1134) – tabib-faylasuf.

    8. Ibn-Xasday (1080-1140)- tabib-faylasuf.

    9. Ibn-Badja (1090-1138) - tabib-faylasuf.Aristotel asarlarini Bag‘dod maktabining asosoy matnlariga, ayniqsa, Forobiyga murojaat qilib, o‘rganishni boshlab berdi.

    10. Ibn-Zuhr (1100-1162) - tabib-faylasuf, ilohiyotchi.

    11. Ibn-Rushd (1126-1198) - tabib-faylasuf.

    12. Ibn- Maymun (Maymonid) - tabib-faylasuf, ilohiyotchi.

    13. Ibn Bandud (1140-1200) - tabib-faylasuf, huquqshunos.

    14. Ibn-Timlus (1160-1223) - tabib-faylasuf, Ibn Rushdning shogirdi.

    15. Ibn-Sabin (1218-1270) - Andalusiyada mantiqqa oid so‘nggi asar yozgan faylasuf olim.214

So‘zsiz, bular orasida Ibn Rushd XII asr arab-musulmon mantig‘i rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olimdir. Ibn Rushd (Abul-Valid ibn Axmad) 1126-yili Kordova shahrida tavallud topgan. Otasi o‘z davrining o‘qimishli insonlaridan, qozi bo‘lgan, o‘g‘lining har tomonlama ilmli bo‘lishiga harakat qilgan. Ibn Rushd falsafa, mantiq, fiqh, matematika, arab tili grammatikasi va boshqa fanlarni chuqur o‘rgangan, yuqori lavozimlarni egallagan. Ibn Rushd fanning turli sohalariga oid 50dan ortiq asarlar yozgan. U Aristotelning 18ta asariga sharhlar yozgan215. Shuningdek, Platon, Aleksandr Afrodiziy, Ptolomey, Galen, Forobiy, Ibn Sino, G‘azzoliy va Ibn Badja asarlarini ham sharhlagan. Ibn Rushdning falsafiy merosidan “Raddiyaga raddiya” asari eng mashhurdir. Uning mantiqqa oid asarlari tadqiqotchilar tomonidan deyarli o‘rganilmagan. Biz uning Aristotel va Forobiy ta’limotining tarafdori ekanligidan kelib chiqib, mantiqiy qarashlari to‘g‘risida ba’zi fikrlarni aytishimiz mumkin.

Ibn Rushd ham kategoriyalarning o‘nta to‘rini e’tirof etgan. Mulohazaning mazmuniga ko‘ra tasdiq va inkor, hajmiga ko‘ra umumiy, juz’iy va noaniq turlarini ko‘rsatgan. Mulohazalarning chinligini aniqlashda almashtirish, aylantirish usullarini qo‘llagan. Deduktiv xulosa chiqarish masalalarini Aristotel ruhida talqin qilgan. Uning “Raddiyaga raddiya” asarida mantiqqa oid mulohazalar bayon qilingan. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz: “... umumiy tushunchalar birmuncha noaniq bo‘ladi, isbotlovchi asoslardagi tushunchalarning mohiyati substansional va bir ma’nolidir;... ko‘plab savollardan bittasini olish yettita eng ma’lum bo‘lgan sofizmlardan biridir;...boshlang‘ich bilimlar hamma tomonidan e’tirof etilishi kerak;... nimanidir chin bo‘lishi shu narsaning hamma tomonidan tan olinishiga bog‘liq emas;...hamma tomonidan e’tirof etilgan narsa o‘z-o‘zidan chin bo‘lolmaydi...mantiqiy isbotlash vositasida rad etilgan narsa haqiqat emas, faqat fikr bo‘ladi.216

XII asr arab-musulmon mantig‘ining yutuqlari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin:


  • Aristotelning mantiqiy ta’limotiga qiziqish davom etgan. Forobiyning sharhlari yordamida u yanada chuqur tushunilgan;

  • Mantiqiy ta’limotlarni yanada izchillashtirish, qayta tizimlashtirish va bahsli masalalarni hal qilish davom etgan;

  • Matnlarni talqin qilish va xulosa chiqarishni o‘rgatuvchi fan sifatida mantiq ilmi yuqori mavqeni egallagan.

  • Mantiq musulmon ilohiyotchilari va ulamolari tomonidan ilm sifatida qabul qilingan.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling