O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar. “


Download 1.78 Mb.
bet54/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar. “Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi”. Bu ajratib ko‘rsatuvchi mulohazadir. “Mantiq tarixi” kursidan boshqa hamma o‘qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli”. Bu istisno qiluvchi mulohazadir.

Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy mulohaza turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv mulohazalar, mavjudlik mulohazalari va munosabat mulohazalari. Atributiv (sifat va xususiyat) mulohazalarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy ko‘rsatiladi. Shuning uchun atributiv mulohazalarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi mulohaza deb ta’riflasa bo‘ladi. Masalan, “Hamma daraxtlar o‘simliklardir” va “Hech bir o‘simlik hayvon emas”.

Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabat-larning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan mulohazalarga munosabat mulohazalari deyiladi. Masalan: “Butun bo‘lakdan kata”. “Ikki-uchdan kichik son”. Birinchi mulohazada “kattalik” munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi mulohazada uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan.

Munosabat mulohazalari sifatiga ko‘ra, tasdiq yoki inkor mulohaza turlariga bo‘linadi. Munosabat mulohazalari miqdoriga ko‘ra ham turlarga bo‘linadi. Xususan, ikki o‘rinli munosabat mulohazalari miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz’iy-juz’iy, yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo‘linadi.

Atributiv va munosabat mulohazalari bilan bir qatorda, yana mavjudlik mulohazalari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat mulohazalari («A– B» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal mulohazalar (ehtimol yomg‘ir yog‘adi)ni ko‘rsatish mumkin.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling