O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Oddiy mulohazalarning mantiqiy strukturasi (tarkibi, turlari)


Download 1.78 Mb.
bet50/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

2. Oddiy mulohazalarning mantiqiy strukturasi (tarkibi, turlari)

Mulohaza tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko‘rsatish mumkin. Mantiqiy ega – subyekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim – predikat (P) predmet xususiyatini, munosabatini bildiradi. Mulohazaning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog‘lamadir. U subyekt va predikatni bir-biri bilan bog‘laydi. Predikatda ifodalangan bilimlar hisobiga subyekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Mulohazaning subyekt va predikati uning terminlari deb ataladi. Termin (lot. terminus – chegara, nimaningdir yakuni) – 1) keng ma’noda, tabiiy tilda real yoki abstrakt predmetni ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi; 2) fanda termin – u yoki bu fan doirasida predmetlarni belgilash uchun faqat bir ma’noda qo‘llaniladigan so‘z yoki so‘z birikmasi; 3) mantiqda termin – so‘z, universum predmetlari uchun nom, mulohazaning subyekt va predikatini, sillogizmning asoslaridagi elementlarni belgilash uchun qo‘llanadi. Mantiqda termin obyektlar sinfini (faqat bir elementdan tashkil topgan bo‘lsa ham) yoki berilgan obyektlarga xos bo‘lgan belgi yoki tavsiflar to‘plamini bildiradi. Birnchi yondashuv denotatsiya yoki terminning hajmi deb, ikkinchi yondashuv konnotatsiya yoki mazmun deb ataladi. Mazmun va shakl terminning har xil jihatlari bo‘lib, o‘zaro bog‘langandir.6

Har qanday mulohaza subyekt-obyekt shaklida ko‘rib chiqiladi. Mulohazaning formulasi quyidagicha yoziladi: S-P.

Mulohazalar tuzilishiga ko‘ra, oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy mulohaza tarkibidan yana bir mulohazani ajratib bo‘lmaydigan mulohazadir. Tarkibidan ikki yoki undan ortiq mulohazani ajratish mumkin bo‘lgan mulohaza murakkab mulohaza deyiladi. Masalan, “Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi”, degan fikr oddiy mulohazani ifodalaydi. “Platon va Aristotel antik davr faylasuflaridir” – bu murakkab mulohaza.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling