O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet58/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

MULOHAZA TERMINLARI

S

P

A

+

-(+)

E

+

+

I

-

-(+)

O

-

+


Oddiy mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlar

Mantiqiy kvadrat

Mulohazalar ham tushunchalar kabi taqqoslanuvchi (umumiy subyekt yoki predikatga ega bo‘lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan mulohazalar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohazalar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi.

Sig‘ishmaydigan mulohazalar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo‘ladi. Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlarning shakliy ifodasi “mantiqiy kvadrat” deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohazalar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi.

Masalan, Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega.

Bu A – umumiy tasdiq mulohaza E, I, O ko‘rinishlarda quyidagicha ifodalanadi: E. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas.

I. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega.

O. Ba’zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas.

Bu mulohazalar taqqoslanadigan mulohazalar bo‘lib, ular o‘rtasida chinligiga ko‘ra o‘ziga xos munosabatlar mavjud.



KONTRAR (qarama-qarshilik)

A


B o‘ y s u n i sh
Sig‘ishmaydigan mulohazalar o‘rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari mavjud bo‘ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra, ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu mulohazalar bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, xato bo‘ladi. Yuqoridagi misollardan A–mulohaza chin, E– mulohaza xato ekanligi ma’lum bo‘ladi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling