O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Qisman moslik (subkontrar) munosabati


Download 1.78 Mb.
bet60/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz’iy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu mulohazalar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo‘ladi. Yuqoridagi misolimizda O – mulohazaning xatoligi aniq bo‘lgani uchun I – mulohaza chindir.

Ekvivalentlik munosabatidagi mulohazalar hammavaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, “A. Oripov – O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi” va “A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni” mulohazalari o‘zaro ekvivalentdir, ya’ni ular bir xil subyektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan mulohazalardir.

Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatni M.Koen va Nagel uch turga: zidlik, bog‘lik emaslik (mustaqil) va bo‘ysindiruvchi mulohazaning bo‘ysinuvchiga munosabatiga bo‘ladi. Bu munosabatlarni mulohazalar (p va q) ning chinlik qiymatiga ko‘ra tahlil qilib, ularning to‘qqiz xil munosabatda bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi23:



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q chin.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q chin.

Bunday holatda q ning chinlik qiymati p ning chinlik qiymati bilan cheklanmagan. Bunday bog‘langan mulohazalar mustaqil mulohazalar deyiladi.



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q chin.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q yolg‘on

Bunday bog‘langan mulohazalar ekvivalent deyiladi.



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q chin.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q noaniq.

Bunday bog‘langan mulohazalar bo‘ysindiruvchi mulohazaning bo‘ysinuvchiga munosabatini ifodalaydi. Bu “superimplikatsiya” munosabati deb nomlanadi.



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q yolg‘on. Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q chin.

Bu qarama-qarshilik munosabati.

  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q yolg‘on.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q yolg‘on

Bu holatda q yolg‘on bo‘lishi p ning chin yoki yolg‘onligiga bog‘liq emas. Shu mulohazaga



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q yolg‘on.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q noaniq.

Bu holatda p va q o‘zaro zidlik munosabatida bo‘lgan uchun bir vaqtda chin bo‘lolmaydi, lekin bir vaqtda yolg‘on bo‘lishi mumkin.



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q noaniq.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q chin.

Bu mulohazalarning har ikkisi bir vaqtda yolg‘on bo‘lolmaydi, lekin chin bo‘lishi mumkin. Bunday mulohazalar subkontrar (qisman mos keluvchi) deyiladi.



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q noaniq.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q yolg‘on.

Bunda p ning q ga munosabati subimplikatsiya yoki bo‘ysundiruvchi q mulohazaga bo‘ysunish bo‘ladi.



  1. Agar p chin bo‘lsa, unda q noaniq.

Agar p yolg‘on bo‘lsa, unda q noaniq.

Bunda har ikki mulohaza mustaqildir, chunki p ning chinlik qiymati q ning chinlik qiymatini determinatsiya qilmaydi (asoslamaydi).

Shunday qilib, bir mulohaza yoki mulohazalar guruhi bilan va boshqa mulohaza yoki uning guruhi o‘rtasida yetti xil mantiqiy aloqadorlik mavjud.

Mulohazalar: 1) ekvivalent bo‘lishi, 2) bo‘ysundiruvchining bo‘ysinuvchiga munosabatda bo‘lishi, 3) bo‘ysinuvchining bo‘ysundiruvchiga munosabatida bo‘lishi, 4) mustaqil bo‘lishi, 5) subkontrar, 6) qarama-qarshi yoki 7) zidlik munosabatida bo‘ladi. bu yetti xil aloqadorlik mulohazalar o‘rtasidagi asosiy mantiqiy aloqadorliklar bo‘lib, har qanday muhokama yuritish bu munosabatlardan birining illyustratsiyasi sifatida qaralishi mumkin.

Mulohazalarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan aloqadorliklar bilishda katta ahamiyatga ega.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling