O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent
Download 1.78 Mb.
|
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Mulohaza (mulohaza)ning mantiqiy tahlili Mulohazaning umumiy mantiqiy tavsifi va bilishdagi roli
Takrorlash uchun savollar
Tushunchalarni ta’riflash qanday mantiqiy amal? Ta’riflashning qanday turlari mavjud? Ta’rif to‘g‘ri bo‘lishi uchun qanday qoidalarga amal qilinishi kerak? Tushunchalarni bo‘lish qanday mantiqiy amal? Tushunchalarni bo‘lishning qanday turlari mavjud? Tushuncha to‘g‘ri bo‘linishi uchun qanday qoidalarga amal qilinishi kerak? Tasniflash nima va u qanday amalga oshiriladi? 8-bob. Mulohaza (mulohaza)ning mantiqiy tahlili Mulohazaning umumiy mantiqiy tavsifi va bilishdagi roli Mantiq turli asoslarning aynan o‘xshashligi va isbotlovchi kuchi haqidagi masalani tadqiq qiladi. Muhokama yuritish jarayonida asoslar ham, xulosa ham mulohaza ko‘rinishida bo‘ladi. Birinchi ma’ruzada aytilganidek, mantiq mulohazalar guruhi o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Unga ko‘ra, bir birlikdagi mulohazalarning chin yoki yolg‘onligi boshqa bir birlikdagi mulohazalarning chin yoki yolg‘on bo‘lish imkoniyatiga ma’lum bir cheklovlarni qo‘yadi. Масалан, тушунчаларни таърифлаш қоидалари ўзаро бирликда бўлган мулоҳазалар груҳини ташкил этади. Шу қоидалар терминларнинг таърифи (бошқа бир бирликдаги мулоҳазалар)ни тахлил қилиб, унинг чин ёки ёлғонлигини аниқлашга имкон беради. Mulohaza – predmetga ma’lum bir belgining (xossaning, munosabatning) xos yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir. Mulohazaning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo‘ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog‘lanishlarini hamda munosabatlarini bilib boramiz. Bilimlarimiz turlicha bo‘lgani uchun ularni ifodalaydigan mulohazalar ham har xil bo‘ladi. Ba’zi mulohazalarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida belgining predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi. Mulohazalar voqelikka mos kelish darajasiga ko‘ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo‘ladi. Chinligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza chin bo‘ladi. Chinligi isbotlangan fikrni yolg‘on deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Yolg‘onligi isbotlangan fikrni chin deb tasdiqlovchi mulohaza yolg‘on bo‘ladi. Ayni vaqtda, chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo‘lmaydigan mulohazalar – noaniq bo‘ladi. Mulohazalar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Mulohaza mantiqiy kategoriya bo‘lsa, gap grammatik kategoriyadir. Mulohazalar, asosan, darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor shaklda bo‘ladi va ular chin yoki yolg‘on qiymatlari bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot – bu harakat» kabi gaplar mulohazani ifoda qiladi. Lekin, mulohaza va gap ayni bir narsa emas. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, aytish mumkinki: Mulohaza bu uni ifodalayotgan gap emas. Gap so‘zlar guruhidan iborat, so‘zlar bo‘lsa boshqa simvollar kabi o‘z holicha fizik obyekt hisoblanadi va o‘zi ko‘rsatayotgan yoki belgilayotgan narsadan farq qiladi. Yozma xolda gap ma’lum bir yuzani egallaydi, gapirilganda esa bir organizmdan boshqasiga o‘tuvchi tovush to‘lqinlari bo‘ladi. Lekin gap mulohazaning verbal ifodasi hisoblanadi, mulohaza esa ko‘zga ko‘rinuvchi belgilardan yoki aniq ifodaning tovush to‘lqinlaridan farq qiladi. Shunday qilib, gap fizik mavjudlikka ega. U chin yoki yolg‘on bo‘lolmaydi. Chinlik yoki yolg‘onlik gap orqali ifodalangan mulohazaga nisbatan tasdiqlanadi.1 Mulohazani uni ifodalagan simvollardan, albatta, farqlash zarurligi bilan bir qatorda, hech bir mulohaza simvollarsiz ifodalanmasligi va uzatilmasligini qayd qilish kerak. Demak, mulohazaning strukturasi unga mos simvollar strukturasi orqali ifodalanishi va uzatilishi zarur.2 Savol yoki buyruq (undov) gaplar o‘z holicha chin yoki yolg‘on bo‘lolmaydi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, tilak, savol yoki buyruqlar ma’lum bir holatning mavjudligini taqozo etadi. Masalan: “Tez yetib kel!” undov gapi “Men seni kutayapman” degan mulohazani taqozo qiladi.3 Mulohaza va mulohaza so‘zlarini qo‘llaganda. o‘zbek tilida quyidagi holatga e’tibor berish zarur: mulohaza fikr yuritishni bildirsa, mulohaza qat’iy aytilgan fikrni va huquqiy amaliyotda sud jarayonidagi mulohazani bildiradi. Birinchisi ingliz tilidagi proposition, ikkinchisi judgment so‘zlariga mos keladi. Biz birinchisini qo‘llaymiz. Mulohazani biror-bir konkret obyekt, buyum yoki hodisa bilan aynanlashtirish mumkin emas. Agar “Oy Quyoshga nisbatan Yerga yaqinroq joylashgan”, desak bu jismlarning hech biri, shuningdek, ular o‘rtasidagi masofa ham mulohaza bo‘lolmaydi. Mulohaza – bu jismlar o‘rtasida mavjudligi tasdiqlanayotgan munosabatdir. Shuning uchun hissiy qabul qilinayotganlarni refleksiv tahlil qilmasdan turib, hissiy tajriba bilimga aylanolmaydi. Mulohazalarni bilish – bilimdir, ya’ni bilimni muayyan holatning abstrakt xususiyatlari o‘rtasidagi munosabatlarni farqlash orqaligina egallash mumkin. Biz mulohazani chin yoki yolg‘onlik qiymatiga ega deb, ta’rifladik. Lekin bu uning chinlik qiymatini bilishimiz shart degani emas. “Rak davolanadi” mulohaza bo‘lib, biz uning chin yoki chin emasligini bila olmaymiz. Bu holat ma’lum bir qiyinchilik tug‘diradi. Biz biron-bir gap qandaydir mulohazani ifoda qilishi yoki qilmasligini aniqlay olmaymiz. Masalan, “yard uch futdan iborat” gapi qandaydir mulohazani ifodalaydi. biz uning mazmunini tahlil qilib, u kelishilgan fikr (rezolyutsiya, qaror)ni ifodalashini aniqlaymiz. Bu kabi gaplarning chin yoki yolg‘onligini aniqlab bo‘lmaydi. Ular ta’rif ko‘rinishida bo‘lgani uchun, mulohazaga o‘xshaydi. Lekin ularni mulohazalardan farqlash zarur.4 7. Mulohazalar bilan bog‘liq yana bir murakkablik shundaki, bir mulohazaning o‘zi ba’zan chin, ba’zan yolg‘on bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha “gaplaring rost, lekin hamma vaqt emas”, degan e’tirozga duch kelamiz. Shunday holat “Egilgan boshni qilich kesmaydi”, “Din yaqinlarini yaxshi ko‘rishga o‘rgatadi” kabi fikrlarga ham taalluqli. Biz bu qiyinchilikni yengish uchun, agar mulohazada qandaydir umumiy qoida tasdiqlanayotgan bo‘lsa, uni istisno (rad) etuvchi holatning mavjudligi bu mulohazaning yolg‘onligini isbotlashini e’tirof etishimiz kerak. Shuningdek, mulohazalarda ma’lum bir vaqtning ko‘rsatilishi ham ularning chin yoki yolg‘onligini aniqlashga imkon beradi. Umuman olganda, kundalik nutqdagi mulohazalarning chin yoki yolg‘onligini aniqlash uchun barcha zaruriy shartlar kamdan-kam mavjud bo‘ladi. Bu shartlarning ba’zilarini anglasak, boshqalarini esa, taxminlay-miz. To‘liq bo‘lmagan ifoda chin ham, yolg‘on ham bo‘lmaydi. Biz mulohazalarning ba’zilari goh chin, ba’zilari goh yolg‘on bo‘ladi deganimizda, aytilayotgan gaplarning qanday yakunlanishiga ko‘ra ba’zan chin, ba’zan yolg‘on mulohaza bo‘lishini nazarda tutamiz.5 Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling