O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet47/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni “dindorlar” va “dindor emaslar”ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo‘lgan tushunchaga birlashtiramiz. Shu bilan birga, dixotomik bo‘lish ma’lum bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. Undan tashqari, dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor tushunchani, o‘z navbatida, bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.

Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi.

A. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmlarining yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda ba’zi bo‘lish a’zolari ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, “fe’l zamonlari” tushunchasini “o‘tgan zamon fe’li” va “hozirgi zamon fe’li” tushuncha-lariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi. Chunki “kelasi zamon fe’li” tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, “bilish” tushunchasini “hissiy bilish”, “tafakkur”, “nazariy bilish”ga ajratib bo‘lmaydi. Chunki “nazariy bilish” bu yerda ortiqchadir.

B. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos qilib olingan belgi bo‘lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. Masalan, “Qonun” tushunchasini “Tabiat qonuni”, “Jamiyat qonuni”, “Bilish qonuni”, “Statistik qonun”, “Dinamik qonun” tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan bo‘lamiz. Chunki bu yerda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish a’zosi qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan.

C. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular birga bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar “Bino” tushunchasini “Bir qavatli bino”, “Ko‘p qavatli bino”, “Osmono‘par bino” tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. Chunki “Ko‘p qavatli bino” tushunchasi bilan “Osmono‘par bino” tushunchasi bir-birini hajmi bo‘yicha istisno qilmaydi.

D. Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda “sakrash” bo‘lmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog‘i lozim. Masalan, “Gap” tushunchasini “Sodda gap”, “Yergashgan qo‘shma gap”, “Bog‘langan qo‘shma gap” tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi izchillik yo‘qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‘lish a’zosi “qo‘shma gap” tushunchasining turlaridir. Demak, “sakrash” hodisasi ro‘y bergan.




Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling