O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet76/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Mantiqiy ergashish tushunchasi – xulosa asoslari bilan ulardan keltirib chiqarilgan xulosa o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu mantiqning fundamental, dastlabki tushunchalaridan biri bo‘lsa ham, uning aniq, universal ta’rifi yo‘q. Mantiqiy ergashishning o‘ziga xos tomoni shundaki, u chin mulohazalardan faqat chin xulosalarga olib keladi. Agar chindan yolg‘onga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, unda mulohazalar o‘rtasidagi mantiqiy ergashish munosabati o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Shuningdek, mulohazalar chin bo‘lsa, lekin o‘zaro mantiqan bog‘lanmagan bo‘lsa, unda ham mantiqiy ergashish munosabati ma’noga ega bo‘lmaydi.

Masalan, Arastu – mantiq fanining asoschisi va Platon yunon faylasufidir degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q.

Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, “Talaba A – a’lochi” degan mulohazadan “Talaba A – odobli”, deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soni va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi.

Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiya’ni hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling