O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet79/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

II.Almashtirish (lot. – conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi subyekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi:

Almashtirishda berilgan mulohazadagi terminlar hajmi e’tiborga olinishi shart.

Juz’iy inkor mulohazadan (O) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi.





Almashtirish turi

Хулоса асоси

Хулоса

1

sof almashtirish

А

Hamma S-P



А

Hamma P-S



2

sof almashtirish

Е

Hech bir S-P эмас



Е

Hech bir P- S эмас



3

sof almashtirish

I

Ba’zi S-P



I

Ba’zi P – S



4

toraytirilgan almashtirish

А

Hamma S-P



I

Ba’zi P – S



5

kengaytirilgan almashtirish

I

Ba’zi S-P



А

Hamma P– S


Almashtirish usuli bilan xulosa chiqarishnung turlari

Almashtirishga misol:

A. Hamma shifokorlar oliy ma’lumotlidir.

I. Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir.

Demak, almashtirish usuli qo‘llanganda mulohazadagi subyekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot. – contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri bo‘lib, bu usul qo‘llanganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada, hosil bo‘lgan mulohazaning (xulosaning) subyekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning subyektiga mos bo‘ladi:

S P xulosa asosi S - Pdir

ù (ù P-S) xulosa P emas – S bo‘lmaydi
Bunda, xulosadagi S ning inkor shaklida bo‘lishi xulosa bog‘lovchisining inkor etilishi natijasidir. Predikatga qarama-qarshi qo‘yishda A-E ga, E-I ga, O-I ga o‘zgaradi.

Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi shaklda ko‘rsatilgan:







Xulosa asosi

Xulosa

1

  1. Hamma S-P

E. Hech bir P emas S emas

2

E. Hech bir S – P emas

O. Ba’zi P emas S dir

3

O. Ba’zi S – P emas

O. Ba’zi P emas S dir

Masalan:

1. A. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar. Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlar musulmon emas.

Juz’iy tasdiq (I) mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki, “Ba’zi S-P mulohazani aylantirsak “Ba’zi S - P mas emas”, ya’ni juz’iy inkor mulohaza kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi.



IV. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish

Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysunish munosabatlariga asoslanadi. Bu munosabatlarning tahliliga ko‘ra, xulosa chin bo‘lgan quyidagi holatlarni ko‘rsatish mumkin.

1. Asos mulohaza va xulosa chin bo‘lgan : A→I, E→0.

2. Asos mulohaza xato va xulosa chin bo‘lgan:I→O, O→I. Masalan: A. Hamma talabalar sport bilan shuqullanadilar. I. Ba’zi talabalar sport bilan shuqullanadilar .


Takrorlash uchun savollar:

1. Tafakkurning boshqa shakllari bilan xulosa chiqarish qanday bog‘langan?

2. Xulosa chiqarishning qanday turlari bor?

3. Bevosita xulosa chiqarish qanday amalga oshiriladi?

4. Deduktiv xulosa chiqarishning o‘ziga xos xususiyati nimada?



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling