Oddiy qat’iy sillogizmning birinchi figurasi quyidagi maxsus qoidalarga ega:
Katta asos umumiy mulohaza bo‘lishi kerak.
Kichik asos tasdiq mulohaza bo‘lishi kerak.
I figuraning to‘rtta to‘g‘ri modusi mavjud:
AAA-Barbara, EAE-Celarent, AII-Darii, EIO-Ferio.
Moduslarning birinchi harfi katta asosning, ikkinchi harfi –kichik asosning, uchinchi harfi xulosaning sifat va miqdorini ko‘rsatadi. Figuralarning moduslarini bir-biridan farqlash maqsadida ularning har biri alohida nom bilan ataladi.
Masalan:
A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xususiyatga ega.
A. Tafakkur qonunlari – ilmiy qonunlardir.
A. Tafakkur qonunlari obyektiv xususiyatga ega.
Sillogizmning I figurasida oddiy qat’iy mulohazalarning barcha turlari bo‘yicha xulosalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |