O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Download 1.78 Mb.
bet83/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Sillogizmning umumiy qoidalari


Xulosa asoslarining chin bo‘lishi xulosaning chin bo‘lishi uchun yetarli emas. Xulosa chin bo‘lishi uchun muayyan qoidalarga amal qilish ham zarur. Ular sillogizmning umumiy qoidalari bo‘lib, sillogizm terminlari va asoslariga taalluqli bo‘lgan quyidagi qoidalardir: 1. Sillogizmda uchta termin: katta, kichik va o‘rta terminlar bo‘lishi kerak. Ma’lumki, sillogizmning xulosasi katta va kichik terminlarning o‘zaro munosabatiga va ulardan har birining o‘rta terminga bo‘lgan munosabatiga asoslanadi;1 shu sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo‘lmasligi talab qilinadi. Agar terminlar soni uchtadan kam bo‘lsa, xulosa yangi bilim bermaydi.

Masalan: Hamma notiqlar so‘z san’atini chuqur egallagandir.

So‘z san’atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.

Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki terminlar soni ikkita.

Terminlar sonining uchtadan ortib ketishi ayniyat qonuni talablarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, terminlar to‘rtlanishi (quarternio termunorum) deb ataluvchi xatoga olib keladi:

Davlat – iqtisodiy munosabatlarning siyosiy ifodasidir.

Har bir inson uchun sihat-salomatlik eng katta davlatdir.

Bu mulohazalarda “davlat” so‘zining ikki xil ma’noda qo‘llanishi chetki terminlarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo‘lishi asoslar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bo‘ladi:

a) Hamma notiqlar – shuhratparast.

Sitseron davlat arbobi bo‘lgan.

Bu ikki mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi, chunki bu mulohazalar o‘zaro mantiqiy bog‘lanmagan.


  1. O‘rta termin hech bo‘lmaganda asoslardan birida to‘la hajmda olinishi kerak.

Agar o‘rta termin hech bir asosda to‘liq hajmda olinmasa, chetki terminlarning bog‘lanishi noaniq bo‘ladi va xulosaning chin yoki xatoligini aniqlab bo‘lmaydi.

Ba’zi faylasuflar notiqdir.

Kafedramizning hamma a’zolari faylasufdir.

Bu sillogizmda o‘rta termin katta asosda juz’iy mulohazaning subyekti, kichik asosda umumiy tasdiq mulohazaning predikati bo‘lganligi uchun har ikkala asosda to‘liq hajmda olinmagan. Shuning uchun chetki terminlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanmagan. Bu asoslardan sun’iy ravishda chiqarilgan “Kafedramizning hamma a’zolari notiqdir” degan xulosa noaniq bo‘ladi.



  1. Katta va kichik terminlar asoslarda qanday hajmda olingan bo‘lsa, xulosada ham shunday hajmda bo‘lishi kerak.

Bu qoidaning buzilishi kichik yoki katta termin hajmining noo‘rin kengayib ketishiga olib keladi. Masalan:

Hamma talabalar imtihon topshiradilar.



Hech bir abituriyent talaba emas.

Hech bir abituriyent imtihon topshirmaydi.

Bu misolda kichik termin hajmining noo‘rin kengayib ketishi xulosaning xato chiqishiga sabab bo‘ldi.


  1. Ikki inkor mulohazadan (asosdan) xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:

Ishsizlar tadbirkor emas.

Talabalar ishsiz emas.



  1. Ikki juz’iy mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Masalan:

Ba’zi ayollar tadbirkordir.

Ba’zi davlat arboblari ayollardir.



  1. Asoslardan biri inkor mulohaza bo‘lsa, xulosa ham inkor mazmunda bo‘ladi. Masalan:

Hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi.

Vatanga xiyonat qilish jinoyatdir.

Vatanga xiyonat qilish jazosiz qolmaydi.



  1. Asoslardan biri juz’iy mulohaza bo‘lsa, xulosa ham juz’iy mulohaza bo‘ladi. Masalan:

Yaxshi farzand ota-onasini hurmat qiladi.

Ba’zi yoshlar yaxshi farzanddir.

Ba’zi yoshlar ota-onasini hurmat qiladi.





Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling