O‘zbekiston milliy universiteti m. ShAripov d. Fayzixo‘jayeva mantiq tarixi va nazariyasi falsafa yo‘nalishi talabalari uchun Darslik Toshkent


Qisqartirilgan va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar


Download 1.78 Mb.
bet89/260
Sana10.12.2021
Hajmi1.78 Mb.
#179746
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   260
Bog'liq
MANTIQ TARIXI VA NAZARIYASI DARSLIK (LOTINCHA)6

Qisqartirilgan va murakkab qisqartirilgan sillogizmlar

Reja:

  1. Entimema.

  2. Epixeyrema.

  3. Polisillogizm, uning turlari. Soritlar

Tayanch iboralar: entimema, epixeyrema, polisillogizm, prosillogizm, episillogizm, progressiv polisillogizm, regressiv polisillogizm, sorit.

1. Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)

Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi – aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda entimemadan to‘la sillogizmni tiklash mumkin.

Entimemalar uch turli bo‘ladi:


  1. Katta asosi tushirib qoldirilgan.

  2. Kichik asosi tushirib qoldirilgan.

  3. Xulosasi tushirib qoldirilgan.

Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:

Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadi.



Sobirov falsafa fakultetining talabasi.

Sobirov mantiq fanini o‘rganadi.

Endi, bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:


  1. Sobirov falsafa fakultetining talabasi bo‘lganligi uchun mantiq fanini o‘rganadi (katta asos tushirib qoldirildi).

  2. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, shu jumladan Sobirov ham (kichik asos tushirib qoldirildi).

  3. Falsafa fakultetining hamma talabalari mantiq fanini o‘rganadilar, Sobirov esa shu fakultetning talabasidir (xulosa tushirib qoldirildi).

Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik san’atida keng qo‘llaniladi.

2.Epixeyrema

Epixeyrema – murakkab qisqartirilgan sillogizm bo‘lib, uning har ikki asosi qisqartirilgan oddiy sillogizm (entimema)lardan iborat bo‘ladi. Epixeyremaning shakli quyidagicha:

M-Pdir, chunki M-N dir.

S-Mdir, chunki S-O dir.

S-P dir.

Masalan:

Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir, chunki ular haqiqatdir.



Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir, chunki ular tabiat qonunlaridir. Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir.

Epixeyremaning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha:

Haqiqat – isbotlangan fikrdir. N-P dir.

Ilmiy qonunlar haqiqatdir. M-N dir.

Ilmiy qonunlar isbotlangan fikrlardir. M-P dir.





  1. Tabiat qonunlari – ilmiy qonunlardir. O-M dir.

Fizika qonunlari – tabiat qonunlaridir. S-O dir.

Fizika qonunlari ilmiy qonunlardir. S-M dir.





  1. Ilmiy qonunlar – isbotlangan fikrlardir. M-P dir.

Fizika qonunlari – ilmiy qonunlardir. S-M dir.

Fizika qonunlari isbotlangan fikrlardir. S-P dir.

Epixeyremadan bahs va munozaralar, notiqlik san’atida foydalaniladi. Epixeyrema murakkab sillogizmning bir turi bo‘lishiga qaramay, uning tarkibidagi katta va kichik asos, xulosani ajratib olish, farqlash oson bo‘lgani uchun ham fikr yuritish jarayonida keng qo‘llaniladi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling