O‘zbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi Norbo‘tayev Islombek Musurmonovichning


Download 36.25 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi36.25 Kb.
#1520816
1   2
Bog'liq
Раҳбар хулосаси И.Норбўтаев

Dissertasiyaning birinchi bobi Milliy tiklanish va yuksalish jarayonlarini ilmiy ilmiy tadqiq qilish masalalari deb nomlanib mazkur bob 2 ta paragrafdan iborat. Dissertasiyaning birinchi bobida mustaqilligiga erishish va buning natijasida uzoq davom etgan mustabid tuzum davrida boy berilgan qadriyatlarni qayta bazi xalqlargina milliy shakllanishi va yuksalishi imkonini qo‘lga keltiradi. Xuddi shunday XX asr oxirida mustaqillikka erishgan xalqimiz istiqlolning dastlabki davridayoq milliy tiklanishga kirishdi. Bu jihatdan istiqlolning ilk yillaridayoq islohatlarni amalga oshirilayotgani o‘ziga xos milliy tiklanishning boshlanishi bo‘lganligi haqidagi fikrlar keltrib o‘tilgan.
Vatanimiz mustaqilligining o‘tgan qisqa tarixiy davrda erishilgan natijalar sobiq ittifoqdan keyingi istiqlol yillarida mamlakatimizda o‘ziga xos milliy tiklanish va yuksalish jarayonlari ro‘y berganidan dalolat beradi. Ushbu davrda amalga oshirilgan tiklanish va yuksalish yo‘lidagi keng ko‘lamli faoliyat, yangilanishlar va islohotlarni milliylik va umuminsoniylik mezonlari, tarixiy haqiqat va xolisonalik tamoyillari asosida tahlil qilish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi va uning tahlil etilgan. Shuningdek bobda O‘zbekistonning mustaqilligi yillarida “Milliy tiklanish” tushunchasi shakllanishi va uning amal qilishi uchun asos bo‘lgan istiqlol va taraqqiyot dasturi, rivojlanish yo‘nalishlari, ustuvor vazifalarini anglab olishga qaratilgan qator olimlari-faylasuflari qarashlari tahlil etilgan.
Dissertasiyaning 2 bobi Mustaqillikning dastlabki o‘n yilliklarida milliy tiklanish asoslarini yaratish jarayoni deb nomlanib 2 ta paragrafdan iborat. Mazkur bobda istiqlolga erishganimizdan so‘ng milliy o‘zligimizni anglash, g‘urur va iftixor, or-nomus, umuminsoniy qadriyatlar, insoniy qadr-qimmatimizni yangi bosqchga ko‘tarish uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilganligi, Mutaqillik tufayli qadrdon ona tilimizni, dinimizni, milliy qadriyatlaru an’analarimiz milliyligimizga xos bir ko‘rinshda shakllantirilayotganligi hamda ulug‘ tariximiz, milliy davlatchilik an’analarimiz qayta tiklanayotgani ilmiy va nazariy faktlar bilan ifodalab berilgan.
Ana shular asosida “Milliy tiklanish” deganda, xalq imkoniyatlarining o‘zimizga, jamiyatimiz foydasi va istiqboliga xizmat qilishi, azaliy sharqona qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat-ehtiromning yanada kuchayib borishini, fuqarolarimizning emin-erkin, farovon yashashi, farzandlarimizning kamolotini tushuna boshladik. Ayni paytda, milliy g‘urur, milliy ong, milliy tiklanish va yuksalish, odamlarda vatanparvarlik hissining oshishiga turtki bo‘ldi.
Bobda milliy yuksalish va taraqqiyotimizning salmog‘ini xalqimiz birdamligi hamda siyosiy jarayonlarimiz ilg‘orligi bilan birgalikda batafsil tahlil etilgan.
Tadqiqotning 3 bobi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi yangi bosqichida milliy yuksalish g‘oyasining amaliyoti va takomillashish mexanizmi deb nomlanib bob 3 ta paragrafdan iborat. Mazkur bobda kyeyingi besh yillikda xalqimiz hayotida yangi taraqqiyot avri boshlanganligi, ko‘plab sohalarda tub o‘zgarishlar va yangilanishlar joriy yetilayotganligi keltirib o‘tilgan. Mamlakatimizda o‘z umrini yashab bo‘lgan eski paradigmalar chekinib, yangi davr boshlanganligi va ana shu jarayonda Uchinchi Renessans poydevori yaratilayotlagi dissertasiya ishida asoslangan.
Dissertasiyaning xulosa qismida tadqiqotchi mamlakatimizda mustaqillik yillarida ro‘y bergan milliy tiklanish va yuksalish jarayonlarini tahlil qilib, bu boradagi amaliyotni ilmiy o‘rganishda sakkizta ilmiy tavsiyalarini berib o‘tgan.
Dissertasiya ishining adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiyasi doktorlik dissertasiya ishiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq shakllantirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati Me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, Kitob, monografiya, risolalar, Jurnal va gazetalar qismlaridan iborat.
Tadqiqotchi Islombek Musurmonovich Norbo‘tayevning “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy yuksalish g‘oyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari” mavzusidagi 09.00.04 – ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasining doktorlik dissertasiya ishiga qo‘yiladigan talablarga javob beradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib dissertasiya ishiga ilmiy rahbar xulosasini beraman va ishni keyingi bosqichga tavsiya etaman.

Ilmiy rahbar: falsafa fanlari doktori
professor, O‘.M.Abilov
Download 36.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling