O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy ishi


Download 121.47 Kb.
bet11/23
Sana14.12.2022
Hajmi121.47 Kb.
#1007408
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Bog'liq
“Fununu-l-balog‘a” asarida badiiy san’atlar

AL-ISTIFHOM san’ati. Istihfom so‘zi arabchada “fahm etish” ma’nosini anglatadi. Ya’ni biror jumla, fikrning botiniy ma’nosini nozik fahmlab anglab yetish ma’nosida. “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, she’re ayturlarkim, ikki ma’nog‘a muhtamal bo‘lg‘ay: zohiriy bir ma’nog‘a va zamiriy bir ma’nog‘a. Faammo shoirning g‘arazi zamirinda ma’no turur”39. Keltirilgan ta’rifdan istihfom bir qarashda iyhom san’atiga o‘xshash. Biroq farqli tomoni iyhomda har ikkala ma’no ham muhim hisoblanib, ular teng mavqeda bo‘ladi. Istihfomda esa faqat zamiriy ma’no ahamiyatli bo‘lib, o‘quvchi uni nozik fahmlashi darkor. Misol yana Taroziy ijodidan keltiriladi:
“Raqibing haybatidin qo‘rqub, ey jon,
Ketorgaymen ko‘nguldin mehringizni”40.
Baytning zohiriy ma’nosidan yorning raqibi kuchliligidan oshiq yordan, ko‘nglidagi ishqdan voz kechishi anglashiladi. Zamirda esa oshiq tilidan raqibning haybatidan qo‘rqmaslik, undan omon qolish, uni mag‘lub etish uchun ham ma’shuqa mehrini ko‘ngilga joylash ma’nosidagi izhor aytilmoqda. Navbatdagi misolda ham shunga yaqin ma’no ifodalangan. “Misoli digar. Hoji aytur:
Agar yuz ming jafo tegsa manga ul qoshlari yodin,
Mag‘azalloh, ketorgaymen bu ko‘nglumdan aning yodin”41.
Istifhom san’ati ham bugungi nazariy manbalarda va hatto “Badoe’u-s-sanoe’”da ham uchramaydi. Taroziy keltirgan misollar ham asosan turkiyda. Bu esa al-istifhomning sof turkona badiiy san’at ekanligidan darak beradi.
AL-ISTIDROK san’ati. Istidrok so‘zi “idrok etish” ma’nosida bo‘lib, bu san’at ham al-istifhomga o‘xshash. Muallif izohi: “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, so‘zni andog‘ lafz birla og‘oz qilurlarkim, mustame’g‘a hajv gumoni bo‘lur. Istidrok qilsalar, madh hosil bo‘lur”. Misol:
“Qiloyin seni ser yaxshi mahalda,
Ijozat bersang el ichina tahsin”42.
Ta’kidlanganidek istidrokda ikki xil ma’no anglashiladi. O‘quvchi anglagan zohiriy ma’no asosiysi hisoblanmay, muallif nazaridagi ma’no yetakchidir. Bir qarashda baytda kinoya, mazah ifodalangandek ko‘rinsa ham, shoir, aslida, bu baytni kimgadir madh uchun bitgan bo‘ladi. “Misoli digar. Rashid Vatvot aytur.
Asari mir bihohamki, bimonad ba jahon,
Mir xohamki, bemonad ba jahon dar asare”43.
Al-istidrok san’ati bugungi nazariy manbalarda uchramaydi. Atoulloh Husayniyning “Badoe’u-s-sanoe’” risolasida ham bu san’at haqida aytilmagan.
AL-MUTAZOD san’ati. Mutazod arabcha tazod so‘zidan olingan bo‘lib, “teskari, qarama-qarshi” degan ma’noni bildiradi. Bu bayt va misralarda ma’no jihatdan o‘zaro zid, qarama-qarshi, antonim so‘zlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviy san’atdir. Mutazod an’anaviy mumtoz poetikadagi tazod san’atining aynan o‘zidir. Muallif izohi: “Bu san’at ul bo‘lurkim, ikki narsa keltururlarkim, biri birining ziddi bo‘lg‘ay, netokkim: suv va o‘t”. Misol:
O‘tlug‘ ko‘zida suv, ajab ermasmu, hakim,
Hech yerda bo‘lmas, albatta, bodomi garmu tar”44.
Misoli digar. Oyati “Kalom”:
“Faammo man a’to v-attaqo va saddaqa bil husno fasanuyassiruhu lilyusro. Va ammo man baxila vastag‘no fakazzaba bil-husno fasanu yassiruhu lil-usro”. [Ammo tuhfa qigan, Ollohdan qo‘rqqan va yaxshilikcha sadaqa qilgan kishiga yengilliklar keltiramiz. Ammo baxillik qilgan, boylik bilan gerdaygan va yaxshiliklarni inkor etgan kishiga yaqinda biz qiyinchiliklarni muyassar qilamiz]. Keltirilgan oyatdagi Ollohdan qo‘rqqan, yaxshilikcha sadaqa qilgan birikmalari baxillik qilgan, boylik bilan gerdaygan va yaxshilikni inkor etgan birikmalariga zid kelib, al-mutazodni tashkil etmoqda.

Download 121.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling