O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy ishi


Download 121.47 Kb.
bet10/23
Sana14.12.2022
Hajmi121.47 Kb.
#1007408
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
“Fununu-l-balog‘a” asarida badiiy san’atlar

AL-ILTIFOT san’ati. Iltifot arabcha “lutf” so‘zidan olingan. Bu san’at she’r misralarida shaxs ko‘chirilishini anglatadi. Ma’lumki, nutqimizda uch shaxs mavjud: so‘zlovchi, tinglovchi va nutqdan tashqari o‘zga. Baytda iltifot qo‘llanganda shu uch shaxs biridan ikkinchisiga ko‘chib yuradi. Muallif izohi: “Bu san’at ikki qism bo‘lur. Birisi ulkim, muxotabadin muboyibag‘a bormoq yo g‘aybdin xitobqa kelmoq. Misol:
Tushti ishim bir yangoqi ol bila,
Bag‘dodi ko‘nglumni zulfi ol bila.
Qubla berib jon olurg‘a, ey sanam,
Bo‘lmasang rozi, ko‘ngulni ol bila”35.
Yuqoridagi to‘rtlikniing dastlabki ikki misrasida shoir muxotaba (xitob qiluvchi)dan keyingi ikki misrasida mug‘oyiba (murojaat etuvchi)ga ko‘chadi. Bu san’atning ikkinchi nav’ida “va ikkinchi qismi ul bo‘lurkim, so‘zni tamom qilg‘ondin so‘ngra masal tariqi birla yo duo yo bir latifa birla iltifot qilurlar. Misoli bukim:
Sabr ayladim nechaki kuydi firoqingiz,
Ey sabr, mehnat o‘tig‘a yaxshi panoh sen”36.
Yuqoridagi baytning birinchi misrasida shoir mug‘oyiba (murojaat etuvchi) tarzida so‘zlayapti. Ikkinchi misrada esa sabr bilan bog‘liq shaxsiy mulohaza aytilib, sabrga murojaat qilinmoqda: “Ey sabr, mehnat o‘tig‘a yaxshi panoh sen”. “Badoe’u-s-sanoe’”da iltifotning olti nav’i haqida ma’lumot berilgan. Bu san’at bugungi tilshunoslikdagi shaxs-son qo‘shimchalari sinonimiyasiga juda o‘xshash.
AL-INTIBOH san’ati. Bu ma’naviy san’at tanbeh mazmunida bo‘lib, uni “tanbeh” san’ati desa ham bo‘ladi. Al-intiboh “Funun ul-balog‘a”ga zamondosh risolalarda ham deyarli uchramaydi. Jumladan, Atoulloh Husayniy risolasida intiboh haqida ma’lumot berilmagan. Muallif izohi: “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, mamduhni yo mahbubni yo nosihni yo voizni yo zohidni yo o‘zga kishini nasihat tariqasi birla tanbeh qilurlar”. Muallif o‘z baytidan keltiradi:
“Hazar qil xasta dillar nolasidin,
Ki kuyganlar damida bir asar bor”37.
Bu go‘yo didaktik ruhda, didaktik mazvuda bayt bitishdir. “Misoli digar. Atoyi aytur:
Ayo zolim, qiyomat bo‘lmag‘aymu?
Sening zulmungni mendin so‘rmag‘aymu?”38
Xarakterlisi shundaki, intibohda aksariyat holatda tanbeh bevafo yorga qarata uning hajrida kuygan oshiq tilidan aytiladi. Atoyi baytida xuddi shunday mazmun anglashilmoqda.

Download 121.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling