O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy ishi
Download 121.47 Kb.
|
“Fununu-l-balog‘a” asarida badiiy san’atlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- AL-MULAMMA’
AL-MURABBA’ san’ati. Murabba’ so‘zining asl ma’nosi geometrik shakl kvadratga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy she’rshunoslikda murabba’ deganda 4 misradan iborat she’r tushuniladi. “Murabba’ (arabcha “to‘rtlik” degani) har bandi to‘rt misradan tashkil topgan sheriy shaklning nomi sanaladi”20. Bu badiiy san’at emas, balki she’r turlaridan biridir. Ammo mumtoz poetikada murabba’ mustaqil badiiy tasvir vositasi hisoblangan. Xususan, Atoulloh Husayniy risolasida murabba’ga shunday ta’rif beriladi: “Murabba andin iboratturkim, to‘rt misra yoki to‘rt bayt aytilur, yozilganda ham bo‘yiga, ham eniga o‘qisa bo‘lur”21. Ta’rifdan anglashiladiki, murabba’ muvashshahga biroz o‘xshash yoki uning bir turidek. Adabiyotshunos A. Rustamov Shamsiddin Qays Roziyning “Al-mo‘’jam” asaridan shunga yaqin dalil keltiradi: “Shams-i Qays murabba’ va aning o‘xshashlarin muvashshahqa kiritiptur va deptur: (uldurkim) katak shaklig‘a andoq solurlarkim, ani ham bo‘yig‘a, ham enig‘a o‘qusa bo‘lur. Ani muzalla’ derlar”22. Murabba’ “Funun ul-balog‘a” da ham alohida lafziy san’at sifatida berilgan. Muallif izohi: “Al-murabba’ aningtek bo‘lurkim, ham uzuni birla o‘qurlar, ham pinhoniy birla o‘qurlar. Misoli Unsuriy aytur:
Tekorur / ko‘ngulga / agarchi / jafongiz, Ko‘ngulga / jafongiz / ko‘runmas / vafodur. Agarchi / ko‘runmas, / valekin / raqibing, Jafongiz / vafodur, / raqibing / balodur. Misoli digar. Rashididdin Vatvot aytur: Az furqati / on dilbar / man doim / bemoram, On dilbar / k-az ishqash / bo dardam / pindoram. Man doim / bo dardam / bas munis / be yoram, Bemoram / bedoram / be yoram / g‘am doram”23. Vatvotning bu go‘zal to‘rtligi mashhur bo‘lib, “Badoe’u-s-sanoe’” risolasida ham murabba’ san’atiga xuddi shu she’r misol qilib keltirilgan. Mazkur san’at XIX asrda Ogahiy qo‘llagan “musoviyat tarafayn”ga ham juda o‘xshash. AL-MULAMMA’ san’ati. Mulamma’ so‘zi arabchada “rang-barang qilingan “ degan ma’noni anglatadi. Bu sifatdosh shakli bo‘lib, uning harakat nomi shakli talmi’ hisoblanadi. Shu bois ba’zi manbalarda mulamma’ talmi’ nomi bilan ham atalgan. Mumtoz poetikada esa bu san’at, asosan, shir-u shakar istilohi bilan keladi. Biroq Taroziy talqinida talmi’ ham, shir-u shakar ham ishlatilmaydi. Balki, forscha nomlanish (shir-u shakar) XV asrdan keyin paydo bo‘lgandir. Muallif izohi: “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, she’re ayturlarkim, bir misrayi bir til birla bo‘lur, bir misrayi yana bir til birla: Ba xudoki xastalarga yuzungiz g‘amidin o‘lmak, Du hazor bora xushtar zi hayoti jovidoni. Misoli digar. Muhammad Ganjaviy aytur: Bu husn-u malohatki, sanga jam’ bo‘lubtur, Gar noz kuni va nakuni, dil ba…”24 Yuqoridagi har ikkala misollar ham turkiy-forsiy mulamma’ga taaluqlidir. Boshqa san’atlardan farqli Taroziy mulamma’ga kam to‘xtalgan. Ta’rifdan keyin uch misol bilan cheklanadi. Ular faqat turkiy-forsiyda bo‘lib, arabchada misol keltirilmagan. Download 121.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling