O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy ishi


Download 121.47 Kb.
bet9/23
Sana14.12.2022
Hajmi121.47 Kb.
#1007408
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23
Bog'liq
“Fununu-l-balog‘a” asarida badiiy san’atlar

1.2 MA’NAVIY SAN’ATLAR TADQIQI.
Yuqorida qayd etilganidek “Funun ul-balog‘a” risolasining uchinchi bobida 39 ma’naviy san’at haqida ma’lumot beriladi. Bu san’atlarning ba’zilari ichki turlarga ham ega. Jumladan, at-tashbehot, al-irsolul-masal, al-iltifot, al-jam’-ul-mufrad san’atlari bu xususiyatga ega.
1. At-tashbehot san’ati 7 nav’ bo‘lib, nav’lar quyidagicha nomlangan: tashbehi tanqis, at-tashbehi muallaq, at-tashbeh-ul-kinoyat, at-tashbehut-tavsiya, at-tashbehul-aks, at-tashbehul-izmor, at-tashbeh-ut-taze’.
2. Al-irsolul masal san’ati. Bu san’at ham 2 nav’ga ega: al-irsolul masal va al-irsolul-masalayn. Biroq muallif nazarida ularning har biri alohida mustaqil san‘at sifatida talqin etilgan.
3. Al-iltifot san’ati ikki turli, ammo nav’lar nomlanmagan.
4. Al-jam’-ul-mufrad ikki nav’ – muzhar va muzmar.
Quyida “Funun ul-balog‘a”dagi ba’zi ma’naviy san’atlarning izohi taqdim etiladi:
AL-IBDO’ san’ati. Ibdo’ arabchada “bir yangi nimani keltirmak” ma’nosini anglatadi. Shu ma’noda bu san’atning asl ma’nosi ibtido so‘ziga mos keladi. Ibtido esa biror nimaning boshlanish yoki yangilanish qismidir. Muallif izohi: “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, shoir har yangi ma’no bila (bo‘yla) qilurkim, hech kimarsa etmamish bo‘g‘ay. Va muni bayoni voqe’ taqi derlar”. Ya’ni bunda shoir baytlar yoki misralararo fikriy yangilik, kalomiy kashfiyot qilmog‘i darkor. Va bu ifoda boshqa hech qayerda hech kim tomonidan tilga olinmagan bo‘lishi shart. Misoli uchun Taroziy o‘z baytidan keltiradi:
“Borurmu zulfunga hargiz qaro basmosa ko‘nglumni,
Tururmu qoshinga qorshu boshi evrulmasa “yo”ning”33.
Baytda muallif kitobat san’ati bilan bog‘liq fikriy yangilik hosil qilgan. Bu san’at Atoulloh Husayniy risolasida “ibdo’” deb nomlangan. “Ochig‘i uldurkim, so‘zlaguchi bir ma’noni ixtiro qilurkim, hech kim ul ma’noda andin ilgarilamagan bo‘lur”34. Va ibdo’ning ikki nav’i haqida ma’lumot berilgan. Bu san’at zamonaviy she’rshunoslikda deyarli uchramasligi bilan xarakterlidir.

Download 121.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling