O‘zbekiston milliy universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy ishi
Download 121.47 Kb.
|
“Fununu-l-balog‘a” asarida badiiy san’atlar
AL-MUHTAMILU LI-ZIDDAYN san’ati. Muallif izohi: “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, agar madhqa ehtimol qilsalar, madh hosil bo‘lur. Agar hajvga haml qilsalar, hajv va muni zulvajhayn taqi derlar”. Bu san’at baytda qo‘llanganda undan ikki xil ma’no anglashiladi. Xarakterlisi shundaki, bu ikki ma’no mavqe jihatdan teng bo‘lib, uni qay ma’noda tushunish o‘quvchi idrokiga bog‘liq. Misol:
“Sening birla erur zindon guliston, Bo‘lur, sen bo‘lmasang, bo‘ston zindon”45. Bu baytdan ham hazil, hajv, ham madh gumoni, ma’nosi anglashiladi. “Misoli digar. Rashid aytur: Ey sarvari xuboni jahoniy jovid, Peshi dahanat zarra namoyad hurshid”46. “Misoli degar. Sakkokiy aytur: Atlas erur saqollari, barcha burudlari nasij, Garchiki durru donadur, og‘zini ochsa to‘lasi”47. Sakkokiy baytida ham hajv va madh ma’nosi birgalikda anglashiladi. Al-muhtamilu li-ziddayn san’ati ham zamonaviy risolalarda qayd etilmagan. Atoulloh Husayniy risolasida ham u haqda ma’lumot yo‘q. AL-MUVAJJAH san’ati. Muallif izohi: “Bu san’at aningtek bo‘lurkim, mahbubni yo mamduhni bir tariqa sifat birla zikr qilib, yana bir turluk sifatini anga tamsil qilurlar”. Bu san’at go‘yo tamsil (misol keltirish) sana’tiga o‘xshash. Biroq tamsilda birinchi misrada yorning biror ta’rifi yoki sifati haqida aytilib, ikkinchi misrada shu sifatga doir tabiatdan biror misol keltiriladi. Al-muvajjahda esa ikkinchi misradagi misol ham birinchi misraga tayanadi, ya’ni yorning yana boshqa bir sifati tamsil qilinadi, borliqdan misol keltirilmaydi. Demak, al-muvajjah tamsil emas. Biroq unda tamsilning ba’zi uchqunlari bor. “Funun ul-balog‘a”da tamsil haqida boshqa alohida ma’lumot yo‘q. Adabiyotshunos Burobiya Rajabova “Tamsil san’ati” nomli asarida ham tamsil haqida ma’lumot beruvchi manbalar qatoridan “Funun ul-balog‘a”ni sanamaydi. Taroziy o‘z ijodidan Al-muvajjahga misol keltiradi: “Har lahza xasta jonima g‘amzang balo qilur, Andog‘ki bu ko‘ngulni qoshing mubtalo qilur”48. Birinchi misrada oshiq yorning ishvali qarashlarini xasta joniga balo deb atab, ikkinchi misrada fikrini dalillash uchun yorning qoshini tamsil qilmoqda. Bu ma’naviy san’at ham zamonaviy she’rshunoslikda uchramaydi. Download 121.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling