O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti
Download 1.6 Mb.
|
Bibizaynab nutq madaniyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ey so‘z bila qilg‘on ofarinish og‘oz
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Alisher Navoiyning soʻz masʼuliyati xususidagi fikrlaridan quyidagicha umumiy xulosalar chiqarish mumkin:Soʻz insonga ato etilgan eng buyuk neʼmat, u tufayli inson hayvondan afzal boʻldi.Boshqa neʼmatlar kabi soʻzning ham isrofi bor. Uni isrof qilishdan saqlanish lozim. Soʻz vositasida insonning fazilati, maʼnaviy darajasi namoyon boʻladi. Nazmga solingan soʻzning, yaʼni sheʼrning martabasi nasriy soʻzdan balanddir. Agar nazmning surati – shakli bilan mazmuni bir-biriga mos ravishda goʻzal boʻlsa, u yetuk badiiy soʻz darajasiga koʻtariladi. Navoiyning barcha sheʼrlarida mana shu muvozanat saqlangan.Alisher Navoiy shuningdek ,notiqlik va nutq haqida , uning ahamiyati haqida o’z asarlarida notiqlarga,qolaversa ,hamma imsonlarga birdek foydali bo’ladigan ma’lumotlar berib o’tgan.Hazrat Navoiy bir umr vasf va shukrini tildan qo‘ymagan Alloh insonni nutq va til bilan sharaflab, jamiki mahluqotdan mumtoz qildi:Hazrat Navoiy bir umr vasf va shukrini tildan qo‘ymagan Alloh insonni nutq va til bilan sharaflab, jamiki mahluqotdan mumtoz qildi:Ey so‘z bila qilg‘on ofarinish og‘oz,Insonni aroda aylagon mahrami roz.Chun «kun fayakun» safhasiga bo‘ldi tiroz,Qilg‘on oni nutq ila boridin mumtoz.Aslida olamu koinot, undaki jamiki borliq sohibi qudratning birgina so‘zi bilan bunyodga keldi. Ularning ibtido va intihosi ham so‘zga bog‘liq: Avvalu oxiringga solg‘il ko‘z, Bil ham avval so‘zu ham oxir so‘z. Yoki: Bas avvalg‘i sado so‘z o‘lg‘ay, Har savtqa ibtido so‘z o‘lg‘ay. So‘z hayot mohiyati hisoblangan to‘rt unsur: suv, havo, o‘t, tuproq ham, yetti qavat osmondagi yetti sayyoraning ham mavjudlik asosidir: To‘rt sadaf gavharining durji ul, Yetti falak axtarining burji ul.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:1 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Yettinchi tom. –Toshkent, Fan, 1991.2 Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. Yigirma tomlik. Oʻn toʻrtinchi tom.Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling