O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti


Oʻrnida tishlar duri manzum erur


Download 1.6 Mb.
bet5/8
Sana17.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1707044
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bibizaynab nutq madaniyati

Oʻrnida tishlar duri manzum erur,

Chun sochilur qiymati maʼlum erur.

Vardu shajar shohid erur bogʻ aro,

Lek oʻtun silkidadur togʻ aro…

Ammo nazmdagi soʻzning ham asli, mohiyati, darajasini belgilovchi jihati maʼnosi ekanini shoir doimo diqqat markazida tutadi. Maʼno ahli nazariga tushishi uchun sheʼrning suvrati, tashqi jihati goʻzal boʻlishi bilan birga, mazmun-mohiyati ham margʻub va dilkash boʻlishi zarurligini aytadi:

Ammo nazmdagi soʻzning ham asli, mohiyati, darajasini belgilovchi jihati maʼnosi ekanini shoir doimo diqqat markazida tutadi. Maʼno ahli nazariga tushishi uchun sheʼrning suvrati, tashqi jihati goʻzal boʻlishi bilan birga, mazmun-mohiyati ham margʻub va dilkash boʻlishi zarurligini aytadi:

Nazmki maʼni anga margʻub emas,

Ahli maoniy qoshida xoʻb emas.

Nazmki ham surat erur xush anga,

Zimnida maʼni dogʻi dilkash anga…

Alisher Navoiy soʻz xususida yuqorida oʻzi aytib oʻtgan fikrlariga butun umri, butun ijodi davomida rioya qildi. U oʻzi bitgan har bir misra, oʻzi tuzgan har bir jumlaga alohida masʼuliyat bilan qaradi.

Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan oʻtkazilgan anjumanlardan birida davrimizning yirik soʻz sanʼatkorlaridan biri shunday degan edi: “Odatda sheʼrda ham musiqadagi kabi boshlanishi, asta-sekin koʻtarilib avjga chiqishi va ohistaohista pastlashib tugashi boʻladi. Bu xususiyat deyarli barcha shoirlarning sheʼrlariga xos. Lekin Hazrat Navoiy oʻz sheʼrlarini birdan avj nuqtadan boshlab, avjda davom ettiradi va avjda tugatadi!”

Alisher Navoiyning soʻz masʼuliyati xususidagi fikrlaridan quyidagicha umumiy xulosalar chiqarish mumkin:Soʻz insonga ato etilgan eng buyuk neʼmat, u tufayli inson hayvondan afzal boʻldi.Boshqa neʼmatlar kabi soʻzning ham isrofi bor. Uni isrof qilishdan saqlanish lozim. Soʻz vositasida insonning fazilati, maʼnaviy darajasi namoyon boʻladi. Nazmga solingan soʻzning, yaʼni sheʼrning martabasi nasriy soʻzdan balanddir. Agar nazmning surati – shakli bilan mazmuni bir-biriga mos ravishda goʻzal boʻlsa, u yetuk badiiy soʻz darajasiga koʻtariladi. Navoiyning barcha sheʼrlarida mana shu muvozanat saqlangan.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling