O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti


Soʻzdin oʻlukning tanida ruhi pok


Download 1.6 Mb.
bet4/8
Sana17.10.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1707044
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bibizaynab nutq madaniyati

Soʻzdin oʻlukning tanida ruhi pok,

Ruh dagʻi tan aro soʻzdin halok.

Ayni mazmunni adib “Mahbub ul-qulub”da shunday ifodalaydi: “Odame til bila soyir hayvondin mumtoz boʻlur va ham aning bila soyir insongʻa sarafroz boʻlur.Til muncha sharaf bila nutqning olatidur va ham nutqdirki, agar nopisand zohir boʻlsa, tilning ofatidur. Ayn ul-quzot til sharafidin Masih guftor boʻldi va Husayn Mansur til surʼatidin

dorgʻa sazovor…”

Zohiriy koʻrinishi goʻzal boʻlgan insonning qalb goʻzalligini bilish uchun uni soʻzlatish kerakligini, agar oʻsha odam har qancha chiroyli boʻlsa ham soʻz neʼmatidan, soʻz fasohatidan bebahra boʻlsa, jim oʻtiraversa, u bilan devorning farqi qolmasligini aytadi:

Tengriki, insonni qilib ganji roz,

Tengriki, insonni qilib ganji roz,

Soʻz bila hayvondin anga imtiyoz.

Gʻuncha ogʻizlik sanami noʻsh lab,

Soʻzdin agar aylasa xomush lab…

Surat ila boʻlsa mahi osmon,

Surati devor hamon, ul hamon…

Husnu latofatda komil mahbubaning soʻzi ham

goʻzal boʻlsa, har bir aytgangapini fasohat va balogʻat bilan, aql mezonida

oʻlchab tilga keltirsa, bunday soʻz insonning yurak-yuragiga yetib borishini

shunday tasvirlaydi:

…Oytsa bu husnu malohat bila,

Nuktani oyini fasohat bila.

Solgʻusi jinsi bani Odamgʻa oʻt,

Ne bani Odam, bari Olamgʻa oʻt…

Shundan keyin Navoiy soʻz taʼrifida hozirgacha aytilganlar nasriy, oddiy soʻzlashuvdagi soʻz xususida edi, endi nazmdagi soʻz haqida soʻz yuritamiz deydi. Nazmdagi, sheʼrga solingan soʻzning poyasi va martabasi butunlay oʻzgachaligini taʼkidlaydi:

Shundan keyin Navoiy soʻz taʼrifida hozirgacha aytilganlar nasriy, oddiy soʻzlashuvdagi soʻz xususida edi, endi nazmdagi soʻz haqida soʻz yuritamiz deydi. Nazmdagi, sheʼrga solingan soʻzning poyasi va martabasi butunlay oʻzgachaligini taʼkidlaydi:

Munchaki sharh etdi qalam soʻzga hol,

Nasridadur, nazmda bor oʻzga hol…

Shoir soʻzida davom etib, nazmiy soʻz bilan nasriy soʻzni bir-biriga qiyoslashda turli tashbehlardan foydalanadi. Tishlar ogʻizda oʻz oʻrnida turganda qanchalar goʻzal boʻlsa, ogʻizdan sugʻurilib olinganda oʻsha goʻzallikdan asar hamqolmasligini aytadi. Ogʻizda tishlarning terilib turishini sheʼrdagi soʻzlarning tizilib turishiga oʻxshatadi. Atirgul va chiroyli daraxtlar bogʻda tartib bilan turganda xush koʻrinishini, togʻda betartib oʻsganda esa ular oʻtin qatorida hisoblanishini taʼkidlaydi:


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling