O‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti jahontarixi kafedrasi kurs ishi
I-BOB. XITOY XVI ASR OXIRI - XIX ASRNING BOSHLARIDA
Download 295 Kb.
|
Tyr KURS ISHI JAHON TARIXI
I-BOB. XITOY XVI ASR OXIRI - XIX ASRNING BOSHLARIDA
1.1 XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida Xitoyda ijtimoiy-iqtisodiy, ma’daniy hayot XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida janubiy Xitoyning muhim savdo va madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Usi shahrida, Dunlin akademiyasi bazasida yangi bir tashkilot paydo bo‘ldi. Uning a’zolari ijtimoiy hayotning barcha sohalarida islohotlarni talab qilib chiqdilar. Ularning dasturlari ko‘p jihatdan XVI asrdagi islohot tarafdorlarining talablarini eslatardi, zero tashkilot hukumatga qarshi qarashlari uchun bu yerga Pekindan quvib yuborilgan amaldorlar tomonidan tuzilgandi. Usi boylarining va ba’zi bir shenshilarning ko‘magiga suyangan Gu Syanchen to‘ra tashkilotga boshchilik qildi. Ularning talablari orasida davlat apparatini isloh qilish, mamlakatni boshqarishda bevosita imperatorning rolini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish uchun davlat manufakturalari va ustaxonalarini xususiylashtirish, yirik mulkdorlar tomoni-dan dehqonlar yerlarining egallab olinishini to‘xtatish, soliqqa tortish tizimini tartibga solish va shu kabilar muhim o‘rin tutardi. 1620 –1624 yillari islohotchilar Pekinda hokimiyatga kelish-ga erishdilar va o‘z dasturlari talablarini amalda hayotga tatbiq etishga urindilar. Ammo saroy aslzodalarining qarshiligi tufay-li islohotchilar hokimiyatdan chetlashtirilib, ko‘pchiligi qatag‘on qilindi. Davlat xazinasidan mablag‘ o‘marish, dehqonlar yerlarini tortib olish, soliqlar va shaxsiy majburiyatlarning oshirilishi yana davom ettirildi. Xitoyning xalqaro ahvoli ham tobora yomon-lashib borayotgan edi. Biroq Minlar hokimiyati uchun, hukmron tuzumga qarshi tobora yirik miqyosdagi urushga aylanib borayotgan, dehqonlar qo‘zg‘olonlari ayniqsa xavfli edi. XVII asr birinchi yarmida yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi davom etdi. Ispaniya Filippinni egallab olganidan so‘ng, Luson orolida savdo bilan shug‘ullanuvchi 20 mingdan ortiq Xi-toy fuqarolarini yo‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik 1639 yilda yana bir marta takrorlandi. XVII asr yigirmanchi yillarida Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bo‘ldi. Ular Pen-xuledao oroliga hujum qildi va Tayvan (Formoza) orolining bir qismini egallab oldi. Biroq Xitoyning qit’adagi qismida o‘rnashib olish ularga nasib qilmadi. Gollandlar bilan bir qatorda Angliya ham bu hududlarga o‘z tajovuzkorlik qiziqishlarini bildirdi. Inglizlar Guanchjou hududiga kirib, Xitoy hukumatidan bu yerda savdo qilish huquqini oldilar. Yevropaliklar Xitoydan birinchi navbatda ipak va chinni olib ketishar, tamaki va o‘tochar qurollarni esa olib kirardilar. Xitoy hukumati avvalgidek, chet elliklarning mamlakatga ki-rishlarini taqiqlagandi. Faqat katolik ruhoniylari bundan mustasno edi. Ularning Xitoydagi faoliyatiga baho berish ancha murakkab, bir tomondan, ular Xitoyni mustamlakaga aylantirish uchun g‘oyaviy zamin tayyorlardilar, ko‘pming yillik madaniyat va an’analarning buzilishiga olib keldilar, boshqa tomondan esa, aholini G‘arb sivilizatsiyasining yutuqlari bilan tanishtirdi, ularni kundalik turmushda qo‘llashga yordamlashdi. XVII asr boshlarida Xitoy va Rossiyaning birinchi davlatlararo rasmiy munosabatlari kuzatiladi. Biroq to Xitoy manchjurlar tomonidan egallab olinganiga qadar bu davlatlar o‘rtasida to‘laqonli aloqalar o‘rnatilgan emas. Mo‘g‘ullarning Yuan sulolasi Xitoyda hukmron bo‘lgan davrda turli xil falsafiy-axloqiy ta’limotlarni, eng avvalo, buddaviylik, konfutsiylik va daosizmni o‘zida mujassam qilgan sinkretizm dini yuzaga keldi. Ko‘pgina xitoylik donishmandlar-ning falsafiy izlanishlarida g‘oyaviy asos bo‘lgan konfutsiylik Minlar davrida ham alohida o‘rin egalladi. Minlar davrining eng yorqin olimlaridan biri Van Yanmin (1472 –1529) xitoyliklar dunyoqarashining asosi bo‘lgan konfu-siylikdan voz kechmagan holda bu ta’limotni, o‘zgargan tarixiy vaziyatga mos ravishda, yangicha sharhlay boshladi. Van Yanminning dunyoqarashida markaziy o‘rinni lyanchji (tug‘ma bilim) haqidagi ta’limot egallaydi. Uning fikricha, har bir odam, ijtimoiy ke-lib chiqishidan qat’i nazar, bunday bilimga ega va u donishmandlik holatiga erishishi mumkin. Shunday qilib, donishmandlik faqat saralangan kishilarning mulki emas, barchaning umumiy qismati ekan. Van Yanmin g‘oyalarining davomchisi faylasuf Li Chji (1527 – 1602) bo‘ldi. U ham konfutsiylik aqidalariga qarshi chiqdi. Jum-ladan, Konfutsiy asarlarining ba’zi bir joylarini, shuningdek, Lao Szi va Budda Gautamaga tegishli deb hisoblangan ishlarni tanqid qilishga jur’at etdi. U haqiqatning nisbiyligi haqidagi g‘oyani rivojlantirish tarafdori edi. Bunday g‘oyalar aqidaparast konfutsiychilarning qarshiligini keltirib chiqardi. Ular Li Chjining qarindoshlariga nisbatan axloqiy va jismoniy tazyiq o‘tkazdilar. Oxir-oqibatda xo‘r-lanishlarga chiday olmagan Li Chji o‘z joniga qasd qildi. Bu davridagi ijtimoiy fikrning yana bir yorqin vakili Lin Chjaoen (1517–1598) edi. U sinkretizm g‘oyalarining izchil targ‘ibotchisi bo‘lgan. U «dao» (yo‘l), «syuan» (tasavvuf) va «kun» (bo‘shliq) tushunchalariga yangicha ma’no kiritdi, ularning hammasi butun borliqni aks etirishini va Xitoy davlatining yagona g‘oyaviy asosini tashkil etishi lozimligini isbot qilishga urindi. Minlar davrida Xitoy madaniyati gullab-yashnadi. Oldingi davrlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib olgan jamiyat taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarila oldi. Adabiyot ham katta yutuqlarga erishdi. Yozuvchi U Chenen (1500 –1582) qadimgi afsonalar asosida «G‘arbga sayohat»1 romani-ni yaratdi. Unda ruhoniy Syuan-szanning Buddaga oid muqaddas kitoblarni topish uchun mo‘jiza izlab fantastik jonivorlar hamrohligida Hindistonga qilgan ziyorati tasvirlanadi. Bu roman kitobxonlarning ko‘plab avlodlarida katta taassurot qoldirdi. XVII asr boshlarida «Bizning davrimizda va qadimda ro‘y bergan hayratli voqealar» nomli qissalar to‘plami tuzildi. Bu qissalarning mazmuni xalq dostonlari va ko‘plab hikmatli so‘zlar, matallar bilan boyitilgan bo‘lib, ular juda keng tarqalib ketgan. Xitoy madaniy an’analarida san’at «yuqori» va «past» turlar-ga ajratilardi. «Yuqori» turga davlat tantanalarining bir qismi sifatidagi marosim musiqalari va raqslar kirardi. Musiqa insonni an’analar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanardi. Maro-simiy musiqa va raqslardan an’anaviy xitoy teatri kelib chiqqan. Keyinchalik san’atning mustaqil turiga aylangan teatr o‘zining takrorlanmas ovoziga ega bo‘ldi. Ommaviy teatr san’atining shakllanishi uning o‘sha davr jami-yatidagi yuqori doiraga ham, past qatlamga ham moslashishiga olib keldi. Shu sababli teatr san’atning «yuqori» va «past» turlari oralig‘idagi joyni egalladi. Teatr syujetlarining manbai adabiy proza va poeziya edi. XVI–XVII asrlarda teatr san’atining eng mashhur turi, keyin-chalik umummilliy teatrga aylangan kunsyuy bo‘ldi. Butun dunyo-ga mashhur bo‘lgan Pekin operasi ham XVIII asr oxirlarida aynan kunsyuy asosida shakllandi. Xitoyda yangi davr boshlarida adabiyotning «oddiy xalq» uchun turlari, eng avvalo dramatik pesalar rivojlandi. O‘sha dav-rning eng mashhur dramaturgi, Van Yanminning tarafdori bo‘lgan va «taychjous maktabi»2ni shakllantirgan Tan Syanszu (1550 –1616) edi. Xe Sinin, Lo Jufon, Xuan Chzunsi va boshqalar ana shu maktabning yorqin vakillari bo‘lgan. Minlar3 davrida qaror topgan Xitoy shaharlarining me’moriy ko‘rinishi XIX asrgacha saqlanib qoldi. 1421 yilda poytaxt Pekinga qaytganidan keyin, u yerda qayta qurish ishlari o‘tkazildi. Uning eski, shimoliy qismi (Ichki shahar) janubiy shahardan devor bilan ajratildi. Bu devor 1564 yili qurib bo‘lindi va shaharning janubiy qismi «Tashqi shahar» nomini oldi. «Ichki shahar»ning markazida «Imperator shahri» qurildi, uning ichida esa – asosiy bino-si muhim davlat marosimlari o‘tkaziladigan «Tayxedyan» («Oliy mutanosiblik paviloni») bo‘lgan «Taqiqlangan shahar» joylashgandi. 1530 yili ichki shaharda xitoyliklarning bosh ma’budasi Samoga bag‘ishlangan «Samo ibodatxonasi» kompleksi qurildi. XV asrda va XVI asrning boshlarida Pekin atrofida impera-torlar qabristoni memoriali qurildi, unda qabrlardan tashqari ibodatxonalar, minoralar, yer osti xazinasi va shu kabilar ham joylashdi. Tasviriy san’atda avvalgi an’analar saqlab qolingan edi. Minlar davrida avvalgi badiiy maktablar tarafdorlarini bir-lashtirgan tasviriy san’at Akademiyasi qayta tug‘ildi. Xitoylik ustalar butun dunyoda juda qadrlanadigan va yuqori baholanadigan chinni, gazlama, loklangan miniatyuralar yaratishda ham katta yutuqlarga erishdilar. Download 295 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling