O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Download 1.31 Mb.
bet34/52
Sana06.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1752418
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

2. Fizikaviy singdirish qobiliyati. Bu tuproq zarrachalari tomonidan turli erigan moddalarning butun molekulalarini ijobiy yoki salbiy adsorbsiya qilinishidir. Fizikaviy singdirishning faolligi asosan tuproq qattiq zarachalari yuzlarining yig‘indisiga bog‘liqdir.
Agar tuproq zarrachalari tomonidan erigan moddaning molekulalari suvga qaraganda kuchliroq tortilsa, ijobiy molekulyar adsorbsiya, aksincha teskari hol ro‘y bersa, ya’ni suv molekulalari tuproq zarrachalari tomonidan erigan modda molekulalariga nisbatan kuchliroq tortilsa, fizikaviy singdirish ro‘y beradi.
Salbiy fizikaviy singdirish tuproqning xlorid va nitrat eritmalari bilan o‘zaro ta’sirida kuzatiladi va bunda ular tuproqning quyi qatlamlariga yuvilib ketishi mumkin.
3. Kimyoviy singdirish qobiliyati. Kimyoviy singdirish deganda tuproqning ayrim ionlarni suvda qiyin eriydigan va umuman erimaydigan birikmalar hosil qilish yo‘li bilan ushlab qolishi tushuniladi.
Masalan, suvda oson eriydigan ammoniy fosfatni kalsiy bikarbonat bilan reaksiyasi natijasida kam eriydigan kalsiy difosfat hosil bo‘ladi, fosfat kislotaning anionlari esa tuproqning qattiq fazasiga o‘tadi.
U yoki bu ionning kimyoviy singdirilishi bevosita ularni tuproq tarkibidagi ionlar bilan kam eriydigan yoki suvda erimaydigan tuzlarni hosil qila olishga bog‘liq. Nitrat va xlorid kislotalarning anionlari tuproqda mavjud bo‘lgan bironta kation bilan ham erimaydigan birikma hosil qila olmaydi. Demak ular kimyoviy yo‘l bilan singdirilmaydi. Bu bevosita xlorid va nitratlarning tuproqda o‘ta xarakatchanligi bilan bog‘liq. Karbonat va sulfat kislotaning anionlari bir valentli kationlar bilan eruvchan tuproqda ko‘p uchraydigan ikki valentli kationlar bilan esa qiyin eriydigan birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun mazkur anionlar ko‘p miqdorda kalsiy va magniy kabi kationlar tomonidan ushlab qolinadi.
4. Fizikaviy-kimyoviy singdirish qobiliyati. Fizikaviy kimyoviy singdirish mayda dispers kationlar (0,00025 mm) va loyqa zarrachalar (0,001 mm) ning eritmalaridan turli xil kationlarni o‘zlashtirish xususiyatidir.
Tuproqning qattiq fazasi tomonidan ayrim kationlarning singdirilishi ekvivalent miqdordagi avval o‘zlashtirilgan boshqa kationlarning qutqarilishi hisobiga boradi.
Tuproqning almashiniladigan kationlarni singdirishda qatnashadigan organik va mineral (asosan gilli minerallar tarkibidagi) holatdagi mayda dispers zarrchalarning yig‘indisi K.K.Gedroys tomonidan tuproqning singdirish kompleksi yoki qisqacha TSK deb nomlangan.
Tuproqlar tabiiy holda doimo ma’lum miqdorda singdirilgan kationlar tutadi. Bu xildagi kationlar tuproq eritmasidagi boshqa kationlar bilan almashinishi mumkin.
Kationlarning almashinish reaksiyasi juda tez sodir bo‘ladi. Tuproqqa KSl kabi oson eriydigan o‘g‘itlar solinganda, ular tezda tuproqning singdirish kompleksi bilan reaksiyaga kirishadi. Ularning kationlari tuproq eritmasidagi ilgari singdirilgan kationlarga almashingan holda o‘zlashtiriladi.
Tuproq eritmasining konsentratsiyasiga, uning hajmi va almashinadigan kationlarning tabiatiga qarab tuproq eritmasining kationi bilan TSK dagi kation o‘rtasida ma’lum darajada xarakatda muvozanat yuzaga keladi. Tuproq eritmasining tarkibi va uning konsentratsiyasi o‘zgarganda, mazkur muvozanat ham o‘zgaradi. O‘simlik tuproqdan bironta kationni o‘zlashtirsa, tabiiyki uning tuproq eritmasidagi konsentratsiyasi kamayib ketadi. Bu kation TSK dan boshqa kationga almashingan holda tuproq eritmasiga o‘tadi.
Turli xil kationlarning almashinuv singdirishidagi energiyasi faolligi bir xil emas. Almashinish energiyasi kationlar valentligiga bog‘liq. Valentligi qancha yuqori bo‘lsa, almashinuv energiyasi ham shuncha katta bo‘ladi va tez almashinib, tuproqda mustahkam ushlanib qoladi. Bir xil valentlikdagi kationlarning singdirishdagi faolligi esa ular atom og‘irligining ko‘payishi va ionlar gidratatsiyasining kamayishi bilan kuchayadi. Tuproqda uchraydigan kationlarni ularning singdirilish faolligiga ko‘ra quyidagi qatorga joylashtiriladi:
Na+4++2+2++3+3+

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling