O‘zbekiston milliy universiteti z. Z. Abdushukurova, S. Q. Zakirova, S. Sidiqov, S. Abdullaev O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi


Download 1.31 Mb.
bet25/52
Sana06.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1752418
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52
Bog'liq
Ozbekistontuproq.agr.tavsifi-09.12.16

Sinov savollari:
1. Tog‘ mintaqasining quruq dasht tuproqlari to‘g‘risida tavsif bering.
2. O‘tloqi dasht tuproqlari va ularning agrokimyoviy tuzilishi.
3. Baland tog‘li hududlarda qanday tuproqlar tarqalgan va ularning agrokimyoviy xossalari.

4 BOB. O‘ZBEKISTON ASOSIY TUPROQLARI AGROKIMYOVIY XOSSALARINING QISQACHA TAVSIFI
Tuproqning agrokimyoviy xossalari deganda, odatda quyidagi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi: gumusning miqdori va tarkibi, umumiy azot, fosfor, kaliyning miqdori, oziq elementlar harakatchan shakllarining miqdori va dinamikasi; tuproqning singdirish qobiliyati va sig‘imi; tuproqning muhiti (pH); tuproqning biogenligi.
4.1. Tuproqning kimyoviy tarkibi, makro va mikroelementlar
Tuproq kimyoviy tarkibining o‘ziga xos xususiyati, undagi organik moddalar, jumladan gumusning mavjudligi, ayrim element birikmalarining turlicha shakldaligi va vaqt o‘tishi bilan tarkibining doimiy bo‘lmasdan o‘zgarib turadi, shuning uchun ham u ona jinsdan keskin farqlanadi.
Tuproqdagi mineral birikmalarning asosiy manbai yer po‘sti qattiq qobig‘i (litosfera) dagi har xil tog‘ jinslari hisoblanadi. Organik moddalar esa turli o‘simlik va jonivorlarning hayot-faoliyati natijasida tuproqda to‘planadi. Mineral va organik moddalarning o‘zaro ta’siri tufayli tuproqdagi organik-mineral kompleksning murakkab birikmalari hosil bo‘ladi.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra ba’zi kimyoviy elementlarning miqdori litosfera va tuproqda keskin farq qiladi. 2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, litosferaning deyarli yarmi kislorod (47,2 %), to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i (27,60 %) kremniy, so‘ngra alyuminiy (8,80 %), temir (5,10%), kalsiy, natriy, kaliy, magniy (har qaysisi o‘rtacha 2-3 foiz atrofida) elementlaridan tashkil topgan. Bu elementlar litosfera umumiy massasining 99 foizini tashkil etadi.
Ammo tuproqdagi ba’zi elementlarning miqdori litosferadan keskin farq qiladi. Jumladan, tuproqda litosferadagiga nisbatan uglerod miqdori 20 marta va azot miqdori 10 barobar ko‘pdir. Tuproqda bu elementlarning to‘planishi turli organizmlarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, organizmlar tarkibida uglerod 18, azot 0,3 foizni tashkil etadi (A.N.Vinogradov).

2-jadval


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling