O’zbekiston mustaqilligi yillarida qoraqalpog’iston davlatchiligi taraqqiyoti
Download 21.84 Kb.
|
1 2
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Reja: Mustaqillik davrida suveren Qoraqalpoq davlatchiligining rivojlanishi Ijtimoiy sohaning yanada rivojlantirilishi va iqtisodiy taraqqiyot Mustaqillik yillarida xalq ta`limi va madaniyatida yangi islohotlarning amalga oshirilishi XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo xalklari siyosiy. iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida katta o`zgarishlar yuz berdi. 1924 yili Turkiston ASSRning Amudaryo viloyati va Xiva xonligining Xo`jayli hamda Qo`ng`irot tumanlari hududida Qozogiston ASSR tarkibida Qoraqalpog`iston Avtonom viloyati tashkil etildi. U 1930 yildan RSFSR tarkibiga kirdi. 1932 yilda Qoraqalpog`iston Avtonom Respublikasiga aylantirildi. Qoraqalpoqlar tarixida 1936 yil muhim siyosiy voqealar yili sifatida abadiy qoladi. Chunki, shu yili ular o`z taqdirlarini O`zbekiston SSR tarkibiga kirish bilan bel-giladi va o`z tanlagan yo`lining istiqbolli ekanligini ko`rsata oldi. 1996 yilda Qo`ng`irotdagi «Urga» gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yubo-rildi. Aholini tabiiy gaz bilan ta`minlash darajasi 83 fo-izga yetdi. «Qoraqalpoqqurilish» akiionerlik jamiyatida Ita-liya firmalarining yuqori sifatli jihozlari bilan jihoz-langan, yiliga 60 ming kv. m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi marmar sexi ochildi. «Nukusun» zavo-dida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qurildi. Yengil sanoat ishlab chiqarishining bazasi kengaya bordi. 1993 yilda Nukus shahrida «Kateks» to`qimachilik majmuasi, 1995 yilda Ellikqal`a tumanida ham «Elteks» nomli xuddi shunday to`qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay qishloq xo`jaligi mah,-sulotlarini qayta ishlash bo`yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Nukus va Qo`ng`irot un kombinatlari, To`rtko`lda 3 million shartli banka konserva mahsulotlari ishlab chiqara-digan zavod, Ellikqal`a tumanida esa shunday quvvatga ega bo`lgan konserva iyexi foydalanishga topshirildi. 1995 yilda Qo`ng`irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan, yiliga 190 ming tonna kaliiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi. Zavod tarkibida kim-yoviy yo`l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish ham ko`zda tutilgan. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti-rish natijasida 144 ta sanoat korxonasidan 113 tasi mulkchi-likning turli shakllariga o`tib ishlay boshladi. Nodavlat shak-liga o`tib ishlayotgan korxonalarning rivojlanish darajasi nisbatan yuqori bo`ldi. Shuningdek, bu korxonalar iqtisodiy samaradorligi, foyda olish borasida ham sezilarli yutuqqa erishdi. Bu borada xususiy korxonalar ayniqsa, peshqadamlik qila boshladi. Lekin shuni ham alohida ta`kidlash joizki, ko`p sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgoh-lar, mexanizmlar) ma`naviy va jismoniy jihatdan eskirgani sezilib qoldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yuqori. Eng avvalo yigiruv-to`quv fabrikalari, go`sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etiladi. Qoraqalpog`istonda meqnatga layeqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatorida agrar sektorda ham iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o`tish ro`y berdi. Qishloq xo`jaligi ilgarigidek, respublika iqtisodiyotining yetakchi tarmog`i bo`lib qoldi. 1997 yil 1 yanvar qolatiga respublikada 263 ta qishloq xo`jalik korxonasi faoliyat ko`rsatdi. Nodavlat sekto-rining jami ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushi 98,3 fo-izni tashkil etdi. Ayrim qishloq xo`jalik mahsulotlari, jum-ladan, paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarining hissasi 97,9 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 fo-izni, bog`dorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, go`sht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarish-da 99,4 foizni, qorako`l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi. Dehqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o`zgardi. Agar 1991 yidda g`alla maydonlari ekin maydonlarining 27,1 foi-zini (jumladan, bug`doy 1,9) tashkil etgan bo`lsa, 1996 yilning oxirida bu 35,8 foizga yetdi (bug`doy maydonlari 8,3 foiz). Shu davr mobaynida bugdoy yetishtirish 13,6 ming tonna, ya`ni 3 marta, kartoshka 6,7 ming tonna yoki 2,3 marta, sabzavot 11,4 ming tonna, uzum yetishtirish 4 martaga ko`paydi. Respublika oziq-ovqat majmuasida shaxsiy yordamchi xo`jaliklarning his-sasi tobora ko`paydi. Shu bilan birga chorvachilikda ahvol ancha mushkullashdi. Murakkab iklim sharoiti tufayli respublikada keyingi yil-larda hayvonlar soni kamaydi. 1991 - 1996 yillarda xo`jalik-lar, davlat xo`jaliklari, ijara korxonalari, kooperativlarda va boshqa qishloq xo`jalik korxonalarida 22 ming 588 bosh yirik shoxli qoramol, 23 ming 236 cho`chqa, 176 ming 603 bosh qo`y va echkilar yo`qotildi. Qoraqallogistonda dehqon fermer xo`jaliklari tashkil etish bo`yicha yetarli tajriba to`plandi. Masalan, Ellikqal`a tumanida dehqonlarga yer, ishlab chiqarish vositalari va yetish-tirilgan mahsulotlarga egalik qilish imkonini berish maqsa-dida mavjud 14 ta jamoa xo`jaliklari dehqon-fermer xo`ja-liklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish huquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi. Ana shu tajribani ma`qullab, O`zbekiston qukumati maxsus qaror qabul qildi. Xo`jalik yuritishning bu yangi usuli boshqa vilo-yatlarda yaxshi natija berdi. Lekin, Qoraqalpog`istonning o`zi-da ana shu tajribani ommalashtirishga mutlaqo e`tibor beril-madi. Oqibatda qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmida ular-ning xissasi nihoyatda kam bo`ldi. Buning asosiy sababi fer-mer xo`jaliklariga xizmat ko`rsatuvchi korxonalar yaxshi ishla-madi, bo`rdoqichilik bazasi sust rivojlandi, zotdor hayvon-larni ko`paytirish qoniqarsiz ahvolda, moddiy-texnika va pul mablag`lari bilan ta`minlash past darajada, agrotexnik va zoo-veterinariya xizmati ko`rsatish juda bo`sh tashkil etildi. Keyingi 6 yil ichida investitsiya faoliyatida sezilarli o`zgarishlar ro`y berdi. Kapital qurilishda korxonalarning mablaglari hisobidagi qurilishlar hajmi ko`payib, budjet mab-lag`ining qissasi kamaydi. Bozor munosabatlariga o`tish sharoitida ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablaglar noishlab chiqa-rish obyektlariga ajratilgan mablagga nisbatan ancha ko`p bo`ldi. Masalan, 1995 yilda ishlab chiqarish korxonalari qurilishiga ajratilgan mablag` 61,2 foizni tashkil etgan bo`lsa, 1996 yilda bu 78 foizga yetdi. Bir vaqtning o`zida noishlab chiqarish obyekt-lari uchun ajratilgan mablaglar miqsori 38,8 foizdan 22 fo-izgacha kamaydi. Respublikada istiqlol yillarida tashqi iqtisodiy aloqa-larga ham katta e`tibor berildi. Masalan, 1996 yildagi tash-qi savdo oboroti 228,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi, bu 1995 yildagiga nisbatan 3,7 marta ko`p bo`ldi. 1996 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasining tashqi sav-dodagi asosiy sheriklari hissasi Rossiya 11,4 foiz, AQSH 14,1 foiz, Janubiy Koreya 11,1 foiz, Shveyiariya 9,4 foiz, Nider-landiya 7,2 foizni tashkil etdi. Eksport qilingan tovarlar hajmi 122,9 million dollarga teng bo`ldi. Uning tashqi savdo oborotidagi ulushi 53,8 foiz-ni tashkil etdi. Rarb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 million AQSH dollarini, yaqin G`arb mamlakatlari-ga jo`natilganlari esa 9,3 million AQSH dollarini tashkil etdi. Uzoq G`arbga asosan paxta tolasi, toladan olingan mahsu-lotlar, qayta ishlangan neft mahsulotlari sotildi. Paxta tolasi jami eksport mahsulotlarining 95 foizini tashkil etdi. Tashqi savdo oborotida importning salmogi 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Uning hajmi 1995 yildagiga nis-batan 3,4 marta ko`gtaydi. Import mahsulotlari tarkibida aso-san xalq iste`mol mollari 60,9 foiz, qora va rangli metallar 18,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 13,1 foizni tashkil etdi. Uzoq G`arb mamlakatlaridan keltirilgan mahsulotlar 70,1 million AQSH dollariga teng bo`lib, bu jami importning 66,4 foizini tashkil qildi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan res-publikaning 130 korxonalari orqali 35,4 million dollarlik mahsulotlar olib kelindi. Yaqin xorijiy mamlakatlardan aso-san shakar, bugdoy, mashina va jihozlar, agregatlar va ular-ning ehtiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqa-rishni komplektlovchi materiallar va boshqa turdagi mahsu-lotlar keltirildi. Аdаbiyotlаr: Download 21.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling