O’zbekiston muzeylari


-guruh talabalari G’ofur G’ulom uy muzeyida


Download 6.08 Mb.
bet11/11
Sana25.10.2023
Hajmi6.08 Mb.
#1722354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
101-guruh talabalari G’ofur G’ulom uy muzeyida






G’ofur G’ulom uy muzeyi



101-guruh talabalari G’ofur G’ulom uy muzeyida

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, muzeylar bugubgi kun insoniyat jamiyatida muhim o’rin tutadi. Chunki muzeylar tarixiy, moddiy va maʼnaviy yodgorliklarni to’plash, saqlash, o’rganish va targ’ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasa hisoblanadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, sanʼat asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo’lgan tarixiy qimmatga ega qo’lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Muzeylar yosh avlod uchun o’tmishni o’rganishda katta yordam beruvchi joydir. Yosh avlod muzeydagi tarixiy eksponatlarni tomosha qilish davomida o’sha ko’rgazma yaratilgan davrni biroz bo’lsada xayolliga keltiradi va o’sha davr muhitini o’zida his etadi. Muzeydagi eksponatlar orqali o’tmishdagi ajdodlarimizning turmush tarzi, faoliyati va shunga o’xshash turli xil ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda yurtimizda muzeylar va ularning faoliyatiga e’tibor qaratish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan desak mubolag’a bo’lmaydi. Masalan muzey binolarini kapital ta’mirlash yoxud yangisini qurish, ularni tubdan rekonstruksiya qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Mustaqillik yillarida muzeylarning ishlash mexanizmlari tubdan takomillashtirildi va bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari yildan-yilga muzeylarning moddiy texnik bazalari ortib bormoqda. Chet mamlakatlarda saqlanayotgan yurtimiz tarixiga oid turli xil nodir buyumlarning asl variantlari yoki nusxalari olib kelinmoqda. Har bir muzey o’zining ilmiy fondini boyitish maqsadida tinimsiz harakatlar qilib kelmoqda. Ushbu islohotlar natijasida aholining muzeylarga qiziqishi ortib, yildan yilga ushbu maskanlarga tashrif ortib bormoqda. Hattoki xorijiy mamlakat sayyohlarining ham yurtimizdagi muzeylarga bo’lgan qiziqishlari ortib, ularning oqimi tobora ko’paymoqda.




Download 6.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling