O’zbekiston muzeylari


-guruh talabalari Shon-sharaf muzeyi


Download 6.08 Mb.
bet4/11
Sana25.10.2023
Hajmi6.08 Mb.
#1722354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
101-guruh talabalari Shon-sharaf muzeyi




Shon-sharaf muzeyi





Shon-sharaf muzeyi

O’zbekiston Davlat tabiat muzeyi
O’zbekiston davlat tabiat muzeyi — Markaziy Osiyodagi dastlabki yirik ilmiy-maʼrifat muassasasi. “Toshkent muzeyi” nomi bilan 1876-yil 12-iyulda tashkil etilgan. Muzey bir necha marta yopildi va qayta ochildi. 1919-yilda u Turkiston milliy muzeyi sifatida ochildi. 1921-yilda muzey qadimiy yodgorliklarni saqlash, sanʼat va tabiat ishlari bo’yicha qo’mita tasarrufiga o’tkazilib, O’rta Osiyo bosh muzeyi nomini oldi. 1930-yilda tabiat bo’limlari, qishloq xo’jaligi muzeyi hamda Zoologiya bog’i birlaashtirilib, unga O’rta Osiyo tabiat muzeyi nomi berildi. 1935 yilda hozirgi nomi berilib, O’zbekiston Davlat tabiat muzeyi deb nom berildi. 1937 yilda muzeyda talabalar uchun O'zbekiston tabiati to'g'risida ma'ruzalar o'qish uchun sinf ochildi. 1944-yildan muzey boy ilmiy fondlarni saqlaydigan muassasa sifatida O’zbekiston FA tizimiga, 1963-yildan esa O’zbekiston madaniyat ishlari vazirligi ixtiyoriga o’tkazildi. Muzeyda zoologiya va botanika, geoloqiya va geografiya, ilmiy-maʼrifiy, fond-jamg’arma bo’limlari bor. Muzey ko’rgazma zallariga Yerda hayotning paydo bo’lishi va rivojlanishi, organik dunyo evolyutsiyasi, odamning paydo bo’lishi, respublika tabiati va uning boyliklari, ulardan foydalanish to’g’risida ko’plab tabiiy eksponatlar, kolleksiyalar va ko’rgazmali materiallar qo’yilgan. Muzeyda jami 372021 ta to’plam, jumladan botanika bo’yicha 10496, zoologiya bo’yicha 359642 (shundan 355045 hasharotlar), geologiya bo’yicha 1883 ta eksponat bor. Muzeyga har yili 50 mingdan ortiq kishi tashrif buyuradi. So’nggi yillarda muzey fondi boyib, unda 400 mingga yaqin namunalar va eksponatlar jamlandi. Muzeydagi to'rtta yo'nalish - geologik-geografik bo'lim, o'simlik va hayvonot dunyosi bo'limi, ilmiy bo'lim va fondlar bo'limi bor. Muzeyning entomologiya fondi muzey tashkil topgandan buyon boyib bordi. Bu yerda 350 mingdan ortiq hashoratlari bor Markaziy Osiyodagi eng katta entomologiya kolleksiyasi bor. Zoologiya bo’limida esa 4000 dan ortiq umurtqali hayvon va qushlarning tulumi saqlanadi. 1967-yilda muzey “O'zbekistonning eng yaxshi muzeyi” mukofotiga sazovor bo'ldi. 2006-yilda muzey o’zining 130 yilligini nishonladi. 14 15 O’zbekiston Davlat Amaliy san’at muzeyi 1927-yilda O’zbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari kurgazmasi tashkil qilingan edi. So'ng bu doimiy kurgazmaga aylantirilib, “O’zbekiston xalq xujaligi ko’rgazmasi” nomini oldi. Ko’rgazmaga qo’yilgan eksponatlar yilma-yil yig’ilib bordi. Shu bilan birga ilgarigi davrlarda tayyorlangan, qo’lda tikilgan kashtalar, zargarlik buyumlari, gilamlar va shunga o’xshash xalq amaliy san’ati namunalari ham sotib olindi. Ana shu to’plangan xalq amaliy san’at asarlari 1937 yilning 7-iyulida Toshkentda ochilgan “Hunarmandchilik muzeyi” da namoyish etila boshlandi. Muzey 1938-yildan 19-asr oxirida bunyod etilgan chor Rossiyasining diplomati A. A. Polovsevning sobiq saroyida joylashgan. Binoning o’zi ham xalq meʼmorligi va bezak sanʼatining nodir namunasidir. Uni qurish va bezashda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqalar shaharlardan kelgan ustalar qatnashgan, bino ganch va yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik bilan jozibador bezatilgan. Markaziy xona (sobiq mehmonxona) shifti kundal uslubida bezatilgan bo’lib, usta O. Qosimjonov naqqoshlarga boshchilik qilgan, koshinlarini rishtonlik kulol usta Abdulla ishlagan. Xonadagi 2 kamin bezaklari shift va devor naqshlari bilan uyg’un, 2 tokcha va mehrob bezagini yaratishda toshkentlik usta T. Arslonqulov qatnashgan. Xonaning yuqoridagi eshigidan boshqa xona (sobiq istirohatxona) ga o’tiladi, bu xona ham nafis bezatilgan. Binoning boshqa xonalarida bezak kam; 1961-yilda T. To’xtaxo’jayev boshchiligida taʼmirlangan. 1970-yilda muzeyga qo’shimcha 2 qavatli bino qurilgan. Meʼmor U. Abdullayev, M. Ilhomov loyihalari asosida va ular rahbarligida muzey binosi rekonstruksiya qilingan; 80—90-yillarda rassom Ch. Axmarov markaziy xona devorlarini amaliy sanʼat mavzuidagi miniatyura asarlari bilan bezagan. 1960-yilda muzey “O'zbekiston amaliy san'ati doimiy ko’rgazmasi” nomini oldi. 1997-yilda sobiq ko’rgazma O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o'tkazildi va “Davlat Amaliy san'at muzeyi” maqomiga ega bo’ldi. Bugungi kunda muzey xazinasida XIX asrning birinchi yarmidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni qamrab olgan qo'li gul ustalar tomonidan yaratilgan bebaho 16 amaliy san’at durdonalari yig’ilgan. Muzey xazinasida saqlanayotgan xalq amaliy san’at asarlarini badiiy jihatdan 3 guruhga bo’lish mumkin. Birinchidan, bu qadimiy an’analar asosida yaratilgan, har bir hudud ichidagi o'ziga xosligini aks ettirgan maktablarga oid amaliy san’at asarlari; Ikkinchidan, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, xalq ustalari an’anaviy uslubini yo’qotmagan xolda uni o’z ijodiy hofizasi bilan rivojlantirib, yanada badiiy bezak bilan boyitib yaratilgan asarlardir. Uchinchi guruh esa, bugungi kun amaliy san’at taraqqiyotidan kelib chiqib, rang-barang naqshlar bilan bezatilib, zamonaviy san’at talablari darajasidagi yetuk asarlardan iborat. Muzey zaxirasida to’plangan buyumlar 20 nomdagi kolleksiyaga ajratilib saqlanadi va shu turlar bo’yicha ekspozitsiyalarda namoyish qilinadi. O’zbek xalqi o’zining qadimiy amaliy san’ati bilan jahonga mashxurdir. Zeb-ziynatli buyumlar yasash san'ati xalqimiz ijodining eng qadimiy turlaridan biri. Bu nodir xalq badiiy hunarmandchiligi namunalarini me’moriy yodgorliklar, ganch, naqqoshlikda, shuningdek, misgarlik, zargarlik, kulolchilik, gilamdo’zlik, ipak va ip gazlamachiligi, zardo’zlik, kashtachilik va o’nlab boshqa amaliy san’at turlarida o’z namunalarini saqlab qolgan. Bugungi kunda yuksak va noyob san’at durdonalari darajasiga ko'tarilgan bu bebaho merosimiz muzeylarimizda saqlanib kelinmoqda. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov “Biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati orqali bilamiz, tarixining tagtomirlarigacha nazar tashlaymiz” deb bejiz uqtirmagan edi. Respublika Davlat Amaliy san’at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo'lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Muzey o’z xazinasida saqlanayotgan 7 mingdan ortiq xalq amaliy san'ati nodir asarlarining hammasini bir yo’la ekspozitsiyasida namoyish qilish imkoniga ega emas. Muzey haqida "O’zbektelefilm"da "Amaliy sanʼat muzeyi" (2003), "Amaliy sanʼat muzeyi ekspozitsiyalari bo’ylab sayohat" (2004) filmlari ishlangan.


Download 6.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling