O’zbekiston muzeylari
-guruh talabalari Oybek uy muzeyida
Download 6.08 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Ko’z yoshi”
- Sobir Rahimov
- Alisher Aliqulaov
- Leningrad
101-guruh talabalari Oybek uy muzeyida
101-guruh talabalari Oybek uy muzeyi G’alaba bog’i Shon-sharaf muzeyi G’alaba bog’i : 2020-yil 9-may kuni, fashizm ustidan qozonilgan ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida barpo etilgan. U o’z tarkibiga “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni jamlagan. G’alaba bog’ining umumiy maydoni 14,6 gektar. Majmua ramziy 12 ta hududga bo’lingan bo’lib ular; Kirish qismi. 2.Urushning dahshatli qiyofasi. 3. Markaziy xiyobon. 4. Harbiy texnikalar maydonchalari. 5.Temir yo’l vokzali. 6. Front orti hududi. 7.Amfiteatr va maʼmuriy bino. 8. Motam va anduh hududi. 9.Shodu-xurramlik hududi. 10. G’alaba hududi. 11. "Shon-sharaf"davlat muzeyi. 12.Shukronalik hududi Bundan tashqari “Ko’z yoshi” majmuasi urushning mudhishligi, millati va dinidan qat’i nazar, barcha odamlar birligi ramzini ifodalaydi. "Shon-sharaf" davlat muzeyining yuqori qismida Ikkinchi jahon urushida qatnashgan 301 nafar qahramonlarimiz sharafiga ekilgan daraxtlar, shuningdek "Mangu jasorat" deb nomlangan majmuada afsonaviy o’zbek generali Sobir Rahimov va barcha o’zbekistonlik botir jangchilarning so’nmas xotirasi ifodalangan. Muzeyda Ikkinchi jahon urushida jasorat ko’rsatgan o’zbekistonliklar haqidagi ma’lumotlar, o’sha davrlar ruhini to’liq his etishga imkon beruvchi eksponatlar o’rin olgan. Muzeyda 20 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega buyumlar mavjud bo’lib, ularning yarmidan ko’pi respublikaning turli hududlarida yashovchi aholi tomonidan taqdim etilgan. Buyumlarni qabul qilish jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda. Muzey shartli ravishda 6 bo’limga ajratilgan. Muzeyning kirish qismida O’zbekiston xalq rassomi Alisher Aliqulaov qalamiga mansub asarning 22 metrlik pannosi ilingan. Unda frontga yo’l olayotgan askarlarning kuzatish jarayoni, front ortidan yuklarning jo’natilishi, tibbiyot xodimlari, bir so’z bilan aytganda, 1941-1045 -yillar davomidagi Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekiston hududlaridagi umumiy jarayon jonli tarzda aks ettirilgan. Ma’lumotga ko’ra, birgina Germaniyaning Berlin shahrini ozod qilish uchun bo’lgan harakatlarda 10 dan ortiq kishiga “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoni, 1 706 kishiga “Berlin olinganligi uchun”, 109 ming 208 kishiga esa “1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun” medallari taqdim etilgan. Muzeyning eng ta’sirli burchagi sifatida “Urush davri maktublari”ni keltirish mumkin. U yuzga yaqin sanoat korxonalarini qabul qilib oldi ular: Leningrad to’qimachilik mashinalari zavodi, Rostselmash, Sum kompressor va Stalingrad ximkombinati, Moskva «Podʼyemnik», «Elektrostanok» zavodlari va boshqalar. 1941-yili Toshkengtda 137 korxona ishlagan bo’lsa, ulardan 64 tasi harbiy mahsulot ishlab chiqargan. O’zbek sanoati frontga 2100 dona samolyot, 17 342 dona aviamotor, 17 100 dona minomyot, 22 mln dona minalar, 560 ming dona snaryadlar, 2 mln donadan ko’proq aviabombalar, 1 millionga yaqin granatalar, 330 000 dona parashyutlar, 5 dona bronepoyezd, 18 dona harbiy-sanitar poyezdlarni va boshqalarni yetkazib berdi. O’zbekiston 1,5 miliondan ortiq evakuvasiya qilingan odamlarni ochlik va o’limdan saqlab qoldi. Ulardan 250 mingdan ko’prog’i qamaldagi Leningrad, Belorussiya, Polsha va Ukraina keltirilgan yetim bolalar edi. Ushbu ajoyib muzey haqidagi ma'lumotlarim shulardan iborat. Bo’limning e’tiborga molik burchaklaridan biri sifatida asirga tushganlar haqidagi ma’lumotlar aks etgan qismni aytish mumkin. Ta’kidlanishicha, urush davrida asirga tushgan 150 mingdan ziyod o’zbekistonliklarning 50 ming nafardan ortig’i konslagerlardagi azob-uqubatlar oqibatida vafot etgan. Keyingi bo’limga o’tish yo’lagida bevosita 1945-yilda Berlinning Sovet Ittifoqi armiyasi tomonidan ishg’ol qilinish jarayoni aks etgan installyatsiyalarni tomosha qilib, xuddi haqiqiydek jonlantirilgan mum haykallar, ag’anagan binolar, bir-biriga o’q uzishga hozirlangan tanklarni uchratish mumkin. O’sha davrda aholi mudofaa fondi uchun umumiy hisobda 250 million so’m miqdorida mablag’ yig’ishga muvaffaq bo’lgan. Muzeyning eng ta’sirli burchagi sifatida “Urush davri maktublari”ni keltirish mumkin. Bir necha yillardan buyon saqlanib kelinayotgan urushga berilgan yo’llanmalar, jamoaviy xatlar, jang maydonlaridan qaytmagan askarlarning o’limi, yaralanganlik haqida xabarnomalar, frontdan kelgan sog’inchli salom xatlarini o’qish imkoniyati bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar urush yillarida dushman bosib olishi muqarrar bo’lgan hududlardan O’zbekistonga evakuatsiya qilingan 1,5 milliondan ziyod qariyalar, ayollar, bolalar (250 ming atrofida), fan-arboblari haqidagi ma’lumotlarni o’qishi mumkin. O’zbekistonda urush yillarida fan va ta’lim, adabiyot, teatr va musiqa san’ati, tasviriy san’at va haykaltaroshlik, kino san’ati va matbuot” bo’limida 1941—1945-yillarda yurtda madaniyat sohasida hukm surgan holatni nafaqat tomosha qilish, balki his etish mumkin. Bu yerda ham muzeyning boshqa bo’limlaridagi kabi tarixiy muhitni yaratish maqsadida musiqalar jaranglab, sohaga oid ma’lumotlar yangrab turadi. Bevosita ekranlarda tarixiy hujjatli filmlar, eksponatlarda nomlari zikr etilgan shaxslarning faoliyatiga oid lavhalar beriladi. “Urush yillari haqidagi xotiralar, xalqning quvonch va shodligi”, “Mardlar jasorati mangu yashaydi” hamda “Bizning qahramonlarimiz” bo’limlarida aks etgan ma’lumot va eksponatlar bilan fotolavhalarimiz orqali tanishishingiz mumkin. Eslatib o’tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 25-iyun kuni mazkur hududa bo'lib, “G’alaba bog’i” qurilishi bo’yicha topshiriqlar bergan edi. Ushbu topshiriq asosida bog’ konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Muzey haqidagi to'plagan ma'lumotlarm shulardan iborat edi. Bilamizki, 2-jahon urushi ko’p xalqlar kabi bizning xalqimizni ham chetlab o’tmadi. Shu vaqtga qadar Ikkinchi jahon urushida O’zbekistondan 1 mln 500 mingga yaqin kishi ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan ma’lumotlarga ko’ra, 1 mln 951 mingga yaqin kishi urushga safarbar etilgani aniqlandi. Shuningdek, 200 mingdan ziyod askar va ofitserlarimiz jangovar davlat mukofotlari bilan taqdirlangani hujjatlar orqali o’z tasdig’ini topdi. Minglab urush qatnashchilari O’zbekistonda tashkil etilgan harbiy gospitallarda davolangan. Yangi aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra, urush o’chog’iga aylangan o’lkalardan yurtimizga 1 million 500 ming kishi, jumladan, 250 mingdan ziyod bola evakuatsiya qilingan. Xalqimiz ularga o’z uyidan joy berib, so’nggi burda nonini ham baham ko’rgan. Mustaqillik yillarida urush qatnashchilari va frontorti xizmatchilariga katta e’tibor qaratildi. Shon-sharaf muzeyida ana shunday shonli tarix o’z ifodasini topgan. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan. 2020-yil 9-maydan e’tiboran Toshkentning Olmazor tumanida barpo etilgan “G’alaba bog’i” ochildi. Ushbu bog’ markazida esa “Shon-sharaf” muzeyi qad rostladi. Muzeyga kirish qismida O’zbekiston xalq rassomi Alisher Aliqulov tomonidan chizilgan 22 metrlik panno joylashtirilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbekistonlik yigitlarning frontga jo’natilayotgani, oila a’zolari bilan vidolashuv onlari aks etgan. Muzey oltita bo’limdan iborat bo’lib, 1-bo’limda respublikamiz aholisining frontga safarbar etilishi, jang maydonlaridagi jasorati aks ettirilgan. Ikkinchi bo’lim “O’zbekiston – front uchun ishonchli tayanch qo’rg’oni” deb nomlangan. Keyingi bo’limda urush yillarida yurtimizdagi ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash sohalari namoyish etilgan. 4-bo’lim “Urush va g’alaba haqida xotiralar, xalqning quvonch va shodligi” deb atalgan bo’lsa, navbatdagi sho’’bada urush yillaridagi badiiy adabiyot, san’at va matbuot haqida hikoya qilingan. “Mardlar jasorati mangu yashaydi” nomli 6-bo’limdan 33 jildlik “Xotira” kitobi, shuningdek, bayram munosabati bilan nashr etilgan kitob-albom va boshqa 12 eksponatlar o’rin olgan. Muzeydan 20 mingga yaqin eksponatlar joy olgan. Ularning barchasi arxiv hujjatlar va urush qatnashchilarining yaqinlaridan yig’ilgan. “Shon sharaf” muzeyini so’nggi yillarda O’zbekistonda asos solingan zamonaviy va innovatsion muzeylardan biri deyish mumkin. Muzey ikki qavatdan iborat. Muzeydan urushga daxldor buyumlar, liboslar, o’sha vaqtdagi harbiy qismlar jangovar bayroqlari, haykallar, avtomobillar, urush qatnashchilariga oid qurollar, medal va hujjatlar o’rin olgan. Ikkinchi qavatdagi eksponatlar esa respublika hududlari kesimida ajratib chiqilgan. 2021-yil 9-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Shon-sharaf muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi yangi ekspozitsiya bilan tanishdi. Muzeyda 12 500 dan ziyod eksponat to’plangan bo’lib, ularning soni tobora ortib bormoqda. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan. Davlatimiz rahbarining avvalgi tashrif chog’idagi ko’rsatmalari asosida ekspozitsiyalar yanada boyitilgan. Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar uchun alohida bo’limlar tashkil etilgan. Download 6.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling