O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.82 Mb.
bet17/21
Sana18.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1595574
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Иномжонов М. диплом

Analiz qilish tartibi. Ikkita probirka olib unga 10 ml aniqlanadigan spirtli ichimligimizni qayta haydashdan so‘ng 20°C ga tushirib quyamiz. Ikkinchi probirkaga TSH 10-00334586-39 spirt tipli eritmasi ko‘yiladi. So‘ngra ikkala probirkaga 2 ml dan fuksinsulfat eritmasi solinib, og‘zi mahkam yopiladi va chayqatib 20 minut davomida xona haroratida ushlab turiladi. 20 minutdan so‘ng hosil bo‘lgan rang intensivligini tekshirish uchun fotoelektrokolorimetrda 540 nm to‘lqin uzunlikda 20 mm qalinlikdagi kyuvetada o‘lchanadi.
Namuna sifatida distillangan suv ishtirok etadi.
Tekshirilayotgan spirtli ichimlik rangini intensivligi spirt tipli eritmani rangini intensivligi bilan bir xil va ochrok bo‘lishi shart.
Olingan natijalar quyidagi formula yordamida aniqlanadi.

Xal = 12,71*D – 0,32.


Bu erda 12,71 va 0,32 – doimiy koeffitsentlar bo‘lib, eksperimental olingan.
D – optik zichlik.

Sivuxa yog‘lari miqdorini aniqlash


Spirtda sivuxa yog‘lari miqdorini aniqlashning standart metodi A.S. Komarov metodi ham deb ataladi.
Bu metod sivuxa yog‘lari tarkibidagi spirtlarni (izoamil, izobutil, butil va boshqalar) H2SO4 ta’sirida to‘yingan uglevodorodlarga (amil va izoamil spirt amilenga aylanadi) aylanishga asoslangan. To‘yingan uglevodorodlar bilan salitsil aldegidning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘lgan birikmalar rangining to‘q – ochligi ma’lum miqdorda izoamil va izobutil spirtlari bor namunaviy eritmalar rangi bilan o‘zaro solishtiriladi. Rangning intensivligi ko‘z bilan yoki FYK yordamida aniqlanadi. Spirtdagi aldegidlar reaksiyaga halaqit qilmasdan, faqat uning rangini qisman o‘zgartiradi. SHuning uchun shunday namunaviy eritma olish kerakki, undagi aldegidlar miqdori tekshirilayotgan spirtdagi aldegidlar miqdori bir xil bo‘lsin.
Sifat jihatdan aniqlash. Hajmi 70 ml li og‘zi ingichka kolbalarga 5 ml dan: biriga tekshirilayotgan spirt, ikkinchisiga tekshirilayotgan spirtga mos keluvchi namunaviy eritma (spirt turiga qarab).
Spirt hom ashyosi oldindan sivuxasiz va aldegidsiz spirt bilan 200 marta aralashtiriladi, so‘ng har bir kolbaga sivuxasiz va aldegidsiz spirtdagi salitsil aldegidning 1 % li eritmasidan 0,2 ml dan qo‘shiladi. Keyin 10 ml H2SO4 qo‘shiladi.
H2SO4 asta, kolba devori orqali quyiladi, chunki u spirt bilan aralashmasdan, kolbaning tubida joylashishi kerak. Kolbadagi suyuqlik qattiq va tez aralashtiriladi va 20 daqiqa xona haroratida saqlanadi. Vaqt tugashi bilan tekshirilayotgan spirt va oliy spirtning tipovoy eritmasi ranglari o‘zaro solishtiriladi yoki FYK yordamida 2 sm li nur yutuvchi kyuvetalarda, yashil svetofiltrda aniqlanadi. Agar olingan spirtning rangi namunaviy eritma rangidan to‘q bo‘lsa, unda tekshirilayotgshan spirt qoniqarsizdir, agar spirt rangi osroq yoki bir xil bo‘lsa, u qoniqarli spirt hisoblanadi.
Miqdor jihatdan aniqlash. Og‘zi ingichka kolbaning biriga 5 ml tekshirilayotgan spirtdan, qolganalriga 5 ml dan xar - xil miqdorda oliy sirka aldegidli namunaviy eritmalar solinadi. Xamma kolbalarga 0,2 ml dan salitsil aldegididan va 10 ml dan kimyoviy toza H2SO4 solinadi. Kolba aralashtirilib 20 daqiqa qo‘yib qo‘yiladi. Vaqt o‘tishi bilan oq fonda tekshirilayotgan spirt rangi bilan izoamil va izobutil spirtlarining namunaviy eritmalarining rangi o‘zaro solishtiriladi. Rangining mosligiga qarab, tekshirilayotgan spirtdagi sivuxa yog‘ining miqdori aniqlanadi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling